Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Tîtalitar-avtîritar mafkuralar tipîlîgiyasi



Totalitarizm mafkurasi murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, u turlicha siyosiy-falsafiy, diniy doktrinalarda namoyon bo’ladi. Tîtalitar-avtîritar mafkuralar tipîlîgiyasi: kommunizm, fashizm, natsional-sotsializm, islom fundamentakizmi va boshqalardan iborat bo’lib, ularda umumiy xususiyatlar va o’xshashliklar mavjud:

Birinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkura uchun jamiyat taraqqiyotiga ma’lum bir, oldindan belgilab olingan maqsad sari qonuniy tarzda harakatlanish sifatidagi teologik qarash xosdir;

Ikkinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkura ratsional tahlil qilinishi mumkin bo’lmagan sotsial utopiya bo’lib, unda shaxs hayotining barcha tomonlari qat’iy nazoratga olinadigan muhit ideal jamiyat hisoblanadi;

Uchinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkuradan haqiqatni monopol egallashga da’vogarlik kelib chiqadi;

To’rtinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkura inqilobiy mazmunga ega bo’lib, uning negizida jamiyatni mavhum g’oyalar asosida tubdan va kuch ishlatish yo’li bilan o’zgartirish g’oyasi yotadi;

Beshinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkuralarning g’ayriinsoniy va antiliberal mazmunga egaligidadir;

Oltinchidan: har qanday totalitar-avtoritar mafkuraga ilohiy qiyofa berilishi.

Tîtalitar jamiyatda mafkuraviy terrîr va "yangi insîn" tarbiyasi.

3. Totalitarizm mafkurasining asosiy ko’rinishlari.

Tîtalitarizm mafkurasining asîsiy ko’rinishlari asoisiy quyidagilardan iborat:

- total rejalashtirish va reglamentlash;

- rejalarni amalga oshirish kafolati;

- total partiya – davlat hokimiyati;

- haddan ziyod markazlashgan davlat va ijtimoiy nazorat apparati, ommaviy qirg’inlarning mavjudligi;

- qo’llab-quvvatlashning intensive va ekstensiv safarbarligi;

- sistemali mafkuraviy indoktrinatsiya;

- inson huquqlari va erkinliklarining bostirilishidan iborat.

Bîl’shevizmning siyosiy-ekstremistik, aksilgumanistik mazmun-mîhiyati.

Neîbîl’shevizm.

Totalitar mafkuraning haqiqatga monopol egalik bo’yicha da’volari va ularning jamiyat uchun tabiiy bo’lmagan g’oyalarni majburlab singdirishga bo’lgan urinishlarining amal qilishi bois uning boshqa falsafiy maktablar, g’oyaviy oqimlar va ilmiy yo’nalishlar bilan bahslari keskin tus olib, odatda, siyosiy mojaro darajasiga yetadi. Bu esa, o’z navbatida, totalitarizm tarafdorlarining g’oyaviy muxoliflariga murosasizligini belgilab beradi.

Ana shundan bîl’shevizmning siyosiy-ekstremistik, aksilgumanistik kuchlari tomonidan ilgari surilgan “kim biz bilan bo’lmasa, u bizga qarshi” va “agar dushman taslim bo’lmasa, uni yo’q qilib tashlash kerak”ligi kelib chiqqan.

Shu bois, neobol’shevizm mafkurasi amalda bo’lgan jamiyatlarda, eng avvalo, siyosiy muxolifat yo’q qilinadi, mafkuraviy plyuralizm taqiqlanadi, “dohiy” ta’limotiga qarshilar dushman deb e’lon qilinadi. Yagona “to’g’ri” hukmron mafkuraga mos kelmaydigan hamma narsa taftish qilinib, yo’q qilinadi. Jamiyatda har qanday g’oyaviy qarama qarshilik ildizi bilan qo’porib tashlanishi shart bo’lgan yomonlik sifatida qaraladi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 2097 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...