Студопедия.Орг Главная | Случайная страница | Контакты | Мы поможем в написании вашей работы!  
 

XX asrning 20-30 yillarida fashizm mafkurasining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va nazariy manbalari



Fashizm (ital. “fascismo” – to’da, bog’lam, birlashma) G’arb mamlakatlarida XX asrning 20-30 yillaridagi og’ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronlar davrida vujudga kelgan o’ta tajovuzkor va vayronkor g’oyalar asosida shakllangan g’ayriinsoniy nazariya va amaliyot bo’lib, u ma’lum bir millat yoki irqning boshqalarga nisbatan o’ziga xosligi va oliynasabligini tasdiqlashga harakat qiluvchi mafkura hisoblanadi. U gumanizm va demokratiyani rad etadi, dohiy shaxsiga sig’inishni qo’llab-quvvatlaydi, siyosiy raqiblari va boshqacha dunyoqarashning har qanday shaklini bostirish uchun terror va kuch ishlatish usullaridan foydalanadi, davlatlar o’rtasidagi muammolar hamda nizolarni hal qilish vositasi sifatida urushni ma’qullaydi.

Ilk fashistik tashkilotlar – “fashi di kombattimento”lar 1919 yilda italiyada paydo bo’lgan. 1919 yilning boshlarida Germaniyada fashistik partiya tashkil etildi va 1933 yil yanvarda fashistlar Germaniyada hokimiyat tepasiga kelishdi.

XX asrning 30-yillarida shuningdek, Portugaliya, Ispaniya va Sharqiy Yevropaning boshqa bir qancha mamlakatlarida fashistik rejim o’rnatilgan edi.

Fashistlar Germaniyasi Gitler boshchiligida va millitaristik Yaponiya bilan ittifoq tuzib 1939-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushini boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, ammo fashizmning to’la mag’lubiyati va inqirozi bilan yakuniga yetdi. 1945 yilda Berlin konferentsiyasi qarorlariga muvofiq fashistik milliy-sotsialistik partiya va uning yashkilotlari yo’q qilindi.

XX asr 70-yillariga kelib Portugaliya, Gretsiya va Ispaniyada ham fashistik tartiblar barbod bo’ldi. Ammo, bugungi kunda ba’zi mamlakatlarda, jumladan, Germaniya va Avstriya davlatlarida fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda.





Дата публикования: 2014-11-04; Прочитано: 3124 | Нарушение авторского права страницы | Мы поможем в написании вашей работы!



studopedia.org - Студопедия.Орг - 2014-2024 год. Студопедия не является автором материалов, которые размещены. Но предоставляет возможность бесплатного использования (0.006 с)...