Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Asîsiy belgilari



Tîtalitarizm tushunchasi – lotincha “totalitare” – butunlik, to’lalik, mukammallik, “totalis” – jami, to’la degan ma’nolarni bildirib, jamiyat hayotining barcha sohalarining davlat tomonidan to’la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarining davlat manfaatlariga bo’ysundirilishini talab qiladigan siyosiy g’oyalar tizimi va ular asosida shakllanadigan davlat tuzumi.

Totalitar boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha sohalarida davlatning to’la hukmronligi o’rnatiladi, oshkora ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi, demokratik tashkilotlar faoliyati cheklab qo’yiladi.

Bu g’oya tarafdorlari o’ta markazlashgan hokimiyat tizimi o’rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish, mamlakatni boshqarishda yakkayu yagona kuch yoki partiyaning hukmronligini o’rnatishga alohida e’tibor beriladi.

Totalitarizmning yorqin ko’rinishlari tarixdan ma’lum bo’lgan Italiya va Germaniya fashizmi va Sobiq Sovet Ittifoqining mafkuraviy tartibotida ko’rish mumkin. Bu g’oya siyosiy nuqtai nazardan etatizm va avtoritarizm kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.

Tîtalitarizmning zamînaviy nazariyalari.

Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, totalitarizm mutlaqo yangicha ko’rinishdagi diktatura bo’lib, unda mafkura juda muhim ro’l oynaydi. Totalitarizm mafkurasining mohiyatini B. Mussolini bo’yicha qisqacha shunday ta’riflash mumkin: “hamma narsa davlat ichida, davlatdan tashqari va davlatga qarshi hech narsa yo’q”.

Rus faylasufi N. Berdyayevning fikricha, aynan utopiyaning siyosiylashtiriluvidan totalitarizmning ilk ildizlarini izlash kerak. Albatta, utopiya mukammal jamiyatning ideal namunalari sifatida, jamiyat hayotida katta ro’l o’ynaydi. Ammo, uning katta qismini o’zgartirilgan va buzilgan shaklda amalgam oshirish mumkin. “Yaxlitlik, - deydi N. Berdyayev, utopiyaning asosiy belgisidir… Utopiya har doim totalitar… erkinlikka dushmandir”.

“Totalitarizm – deydi totalitarizmning yiriktadqiqotchilaridan Xanna Arendt, hech qachon tashqi kuchlar, ya’ni davlat va zo’rovonlik mashinasi yordamida hukmronlik qilish bilan cheklanmaydi. Majburlashning mazkur apparatida o’ziga tayinlangan g’aroyib mafkurasi va ro’li bois totalitarizm odamlar ustidan hukmronlikqilish va ularni ichidan qo’rqitish usulini kashf etdi”.

2. Totalitar mafkuralarning g’ayriinsoniy mazmun-mohiyati.

Tîtalitar mafkuralarning g’ayriinsîniy mazmun-mîhiyati.

Barcha totalitar mafkuralarning xarakterli jihatlaridan biri – bu uning g’ayriinsoniy va antiliberal mazmunga egaligidadir.

Bundan ko’rinadiki, totalitar tuzumlarda hukmron mafkura g’ayriinsoniy ma’no-mazmun va shakl kasb etib, shu asosda nafaqat ijtimoiy taraqqiyotga o’ta salbiy ta’sir qiladi, o’tmish davrdagi dahshatli qonunlar va vahshiy tartiblarni ijtimoiy hayotga joriy etishadi. Boshqacha aytganda, totalitarizm jamiyat va inson hayotini partiyaviy davlatning to’liq va har tomonlama nazorati ostiga olish, uni tashqi jamoaviy maqsadlar va rasmiy mafkuraga bo’ysundirishga intilishga asoslangan mafkura va amaliyotdir.

Shu jihatdan, totalitarizm – birinchi navbatda ideokratik tuzumdir. Uning muhim o’ziga xosliklaridan biri jamiyat va shaxs hayotining barcha jabhalarini qat’iy mafkuralashtirishdan, barcha ijtimoiy jarayonlarni fuqarolarning asl manfaatlarini, ular aslida qanday ko’rinishlarda bo’lishidan qat’iy nazar, bilishga va ularni to’la amalga oshirishga da’vogarlik qilayotgan yagona mafkuraga bo’ysundirishdan iboratdir.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 2978 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.007 ñ)...