Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Xristian demîkratiyasining kelib chiqishi va tarixiy shakllanish bîsqichlari



“Xristian demîkratiyasi” atamasi ilk bor Rim papasi Lev XIII ning 1901 yildagi “Graves de kommuni” entsiklisi(katoliklarga murojatida)da ishlatilgan edi. Bu nom o’zida kapitalistik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, xususan, ishchilar sinfining ijtimoiy ahvolini jiddiy tarzda aks ettirgan ijtimoiy-siyosiy harakatni bildirar edi.

Xristian demîkratiyasi siyosiy harakat, mafkuraviy oqim, umuman, intellectual yo’nalish sifatida murakkab tarixga ega. Uning tarixiy genezisi va shakllanishi G’arbiy Yevropa mintaqasi bilan be’vosita bo’g’liqdir. Bu yerda xristian demîkratiyasi uzoq vaqt davomida katolitsizm an’analari va unga tegishli siyosiy hamda ijtimoiy institutlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisa sifatida taraqqiy etib kelgan. Ayni paytda, xristian demîkratiyasi Butun Yevropa va Jahon miqiyosida faqatgina ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda keng tarqalgan.

Konservatizm mafkurasi singari xristian demîkratiyasining kelib chiqishi ham nafaqat siyosiy voqea bo’lgan, balki Yevropa tarixida yangi davr “modern”ni belgilab bergan 1789 yilgi Buyuk frantsuz inqilobiga bo’lgan munosabat bilan bog’liqdir. Binobarin, zamonaviy o’zgarishlarning belgilaridan biri sifatida jamiyatning tezkorlik bilan cherkov ta’siridan chiqa boshlashi va cherkovning jamiyatdagi o’rni hamda maqomi o’zgarishi ko’proq aynan mazkur tarixiy davr bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tish joizdir.

"Xristian demîkratiyasi" g’îyasi.

Xristian demîkratiyasi g’oyasi – bir vaqtning o’zida siyosiy harakat, falsafa, intellectual an’ana, dunyoqarash, shuningdek diniy qadriyatlarning ijtimoiy va siyosiy hayot bilan uyg’unlashuvidan iborat hodisa bo’lganligi bois, uning o’ziga xos jihatlarini, boshqa zamonaviy g’oyaviy oqimlar orasidagi o’rni va mazmunini ta’riflash biroz murakkablik tug’diradi.

Agar bu mafkuraning funktsional nuqtai nazardan tushunishga intilinsa, kamida quyidagi 5 ta muammoga e’tibor qaratish lozim:

1 – Axloq muammosi;

2 – Avtonomiya muammosi;

3 – Dunyoviy muammolar;

4 – Munosabat muammosi;

5 – O’zaro munosabatlar muammosi.

Xristian demîkratiyasi mafkurasi – paydo bo’lgan paytdan boshlab faqatgina umumiy tarzda qabul qilinganligi va tushunilganligini qayd etib o’tish lozim. Siyosiy ma’noda xristianlar tomonidan xristian demokratiyasi nafaqat cherkov va davlat o’rtasidagi chegaralarni olib tashlashga harakatni, balki siyosiy tuzumlarga befarqlik haqidagi an’anaviy qarashlarni rad etish hamda siyosiy va ijtimoiy demokratiya bilan xristianlik qadriyatlari o’rtasida aloqa mavjudligini tasdiqlashni anglatadi. Ijtimoiy ma’noda xristian demîkratiyasi g’oyasi – xalqning o’z taqdirining yaratuvchisi sifatida ijtimoiy javobgarlikda ishtirokini, davlat muassasalarida liberal hokimiyatni cheklashni qo’llab quvvatlaydi.

Xristian demîkratizmi mafkurasining Evrîpa va Lîtin Amerika yo’nalishlari.

G’arbiy Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida xristian demîkratiyasi an’analari o’rtasidagi farq ularning mafkuraviy o’ziga xoslikni aniqlashtirishni mushkullashtiradi.

G’arbiy Yevropa siyosiy hayotida xristian demîkratiyasi mafkurasining o’ziga xos o’rniga e’tibor qaratilsa, u neokanservatizmga aynan o’xshash bo’lmasa ham, unga juda yaqin bo’lgan “o’ng” konservativ spektrning tarkibiy qismlaridan biri ekanligi namoyon bo’ladi. Shuningdek, konservatorlar va xristian demokratlar umumyevropa siyosati, xususan Yevropa parlamenti va Yevropa xalq partiyasida (1976 yilda tuzilgan) doirasida yagona fraktsiya sifatida ham faol hamkorlik qilishmoqda. Bundan tashqari, umumyevropa siyosati oddiygina hamkorlikni emas, balki integratsiyani ham talab qilmoqda. U keyingi paytlarda shu daraja kuchayib ketdiki, xristian demîkratlarning o’ziga xosligi bir qadar yo’qolganligini ham ko’rsatadi. Garchi bir qator siyosiy tashkilotlar hali ham g’oyaviy, ayniqsa, qadriyatlar va madaniy avtonomiya yo’lini tutib turgan bo’lishsada, haqiqiy farq avvalo, nimani ustun qo’yishda bo’lib qolmoqda. Shunday bo’lsa ham, Yevropada xristian demîkratiyasini tushunishga turli hil qarashlar mavjudligini ko’rish mumkin.

Lotin Amerikasi talqinida xristian demîkratiyasi mafkurasi o’zining ijtimoiy siyosat va ijtimoiy muammolarga katta e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Ya’ni, xristian demîkratiyasi ko’proq “so’l” mafkuraviy pozitsiyada turadi.

Ikkinchi jahîn urushidan keyin G’arbiy Evrîpada xristian demîkratlari ta’sirining kuchayishi.

Xristian demîkratiyasi g’oyasining ikkinchi jahon urushidan keyingi muvaffaqiyatlari uning chuqur intellektual asoslarga ega bo’lgan nafaqat siyosiy, balki shu bilan birga madaniy oqimga aylanishiga sabab bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida, mazkur siyosiy va g’oyaviy oqimning ayniqsa, o’tgan asrning 60-80 yillarida o’ziga xosligini tan olinishini kuchaytirdi va xristian demokratiyasini boshqa mafkuralar, jumladan, an’anaviy hisoblangan “o’ng” va “so’llar” gat eng bo’lgan muqobil g’oyaviy kuch sifatida qaralishiga olib keldi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin xristian demîkratiyasi partiyalari va tashkilotlari katta muvaffaqiyat qozonishdi. Ular ham G’arbiy, ham Markaziy Yevropadagi katolik va protestant e’tiqodidagi xalq ommasining kuchli qo’llab-quvvatlashiga ega bo’lgan. Xristian demokratlari o’zlarining milliy davlatchiliklarini qayta tiklash va Yevropa hamjamiyatining shakllanishi jarayonining boshida turishgan. Ushbu davrda, xristian demokratiyasi mafkurasi va harakatining rivojlanishi Lotin Amerikasi va boshqa qit’alarda ham kuzatilinadi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1192 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...