Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

XX asrning îxirlarida xristian demîkratlari harakatining faîllashuvi



XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib, mafkuraviy soha doirasi bilan amaldagi siyosat o’rtasidagi farq doimiy ravishda kattalashib borganligini qayd etib o’tish lozimki, buni esa, o’z navbatida, xristian demokratiyasi g’oyalarining tahlil qilinishida va rivojlanishida nazardan qochirmaslik zarur.

XX asrning 60-yillaridan xalqaro birdamlik harakati rivojlanib bormoqda. Butunjahon xristian demokratik ittifoqi (BXDI) tashkil etildi, keyinroq esa u Xristian demokratiyasi Internatsionaliga (XDI) aylantirildi.

XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshlaridan xristian demokratik harakatlarining yangidan faollashuvi kuzatildi. 1990 va 2000-yilar oralig’ida o’zlarini xristian demokratiyasi bilan uyg’unligini qayd etgan siyosiy loyhalar ham yuzaga keldi, ammo ularning birortasi bugungi kunga qadar samarali rivojlana olgani yo’q.

Xristian demîkratiyasining g’îyaviy asîslari.

Xristian demîkratiyasining g’îyaviy asîslarini, ya’ni uning tabiatini, manbalarini, uning butun dunyodagi tarixiy tajribasini yaxshiroq tushunish uchun, - deb yozadi xristian demîkratiyasi siyosati va madaniyatining taniqli tarixchisi R. Panini, - umumiy qarashni nazarda tutish kerak. Usiz biz to’liq bo’lmagan va buzilgan shakldagi tasavvurga ega bo’lamiz: umumiy xristianlik ruhi birlashtirib turgan siyosiy formatsiyalarni ko’z oldimizga keltirishdan oldin, xristian demîkratiyasi anchagina murakkab bo’lgan g’oyalar doirasi, hamda madaniy va ijtimoiy harakat ekanligini tushunib yetish lozim.

Xristian demîkratiyasi mafkurasi liberal va industrial inqilob chaqiriqlariga qarshi turish uchun paydo bo’lgan. Xristianlikda bosib o’tilgan olis yo’ldan so’ng o’zlarini xristianlikdan ilhom olgan yagona mustahkam siyosiy kuch deb baholovchi kontrrevolyutsionerlardan katolik liberallargacha, xristian sotsialistlardan-xristian demokratlargacha bo’lgan turli doiralar bu chaqiriqqa javob berishga urinadilar.

3. Xristian demokratiyasidagi asosiy oqimlar, ular o’rtasidagi o’zaro farqlar.

Xristian demîkratiyasidagi asîsiy îqimlar, ular o’rtasidagi o’zarî farqlarga ko’ra, agarda, XIX asrda turlicha g’oyalar darajasida “demokratiya” va “xristianlik” tushunchalari bir-biriga qarshi qo’yilgan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa Yevropa tarixida xristianlik va demokratik an’analari yaxlitlashuvi, birlashuvining isbot talab qilmaydigan aksiomasiga aylanib qoldi.

XIX asr xristian demîkratlari mo’tadil yo’l tutishgan edi. Ularning bir qismi demokratiyasining siyosiy model sifatidagi qadr-qimmati va samarasini his etsa, boshqa bir qismi esa demokratiyani zarurat sifatida tan olardi. Mazkur davrada, katolitsizmning siyosiy darajada shakllantirish jarayoni boshlangan edi. Uning asosini konstitutsionalizm va cherkovni liberallashtirishga urinish tashkil etardi va unda o’zining tabiiy huquqlar haqidagi doktrinasi bilan neotomizm ham alohid ao’rin tutardi.

Ko’p jihatdan siyosiylashgan katolitsizm yangicha tarixiy sharoitlarda cherkovning korporativ manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan edi, ammo tez orada bu yo’nalish yanada kengroq xarakter kasb etib, garchi harakatda ruxoniylarning ta’siri kuchaygan bo’lsada, boshqa ijtimoiy guruhlar va institutlarni ham qamrab ola boshladi.

Rim papasi Lev XIII ning katolik cherkovining yangi ijtimoiy doktrinasining va konstitutsionalizm qabul qilinishining asosini tashkil etgan ijtimoiy ta’limoti xristianlik siyosiy doktrinasining rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi. bîsqichlari.

“Xristian demîkratiyasi” atamasi ilk bor Rim papasi Lev XIII ning 1901 yildagi “Graves de kommuni” entsiklisi(katoliklarga murojatida)da ishlatilgan edi. Bu nom o’zida kapitalistik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, xususan, ishchilar sinfining ijtimoiy ahvolini jiddiy tarzda aks ettirgan ijtimoiy-siyosiy harakatni bildirar edi. Bu davrdan rasmiy ktolik cherkovi ta’limoti davlatni “tungi qorovul” sifatida ta’riflovchi liberalizmdan farqli ravishda, davlatdan ijtimoiy funktsiyalarni bajarishni talab qilina boshlandi. Shu bilan birga, katolik doktrinasi bir tomondan XX asr boshlaridagi sotsialistik mafkuralarga tabiiy muxolifat yo’lini tanlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, hozirga qadar ijtimoiy yo’nalish xristian demokratiyasining asosiy o’ziga xosligi bo’lib qolmoqda.

Ma’naviyat, axlîq, insîn huquqlari va erkinliklari masalalarining talqini.

Xristian demokratiyasi mafkurasi uning quyidagi elementlarini tahlil qilish yordamida ko’rib chiqilishi mumkin: xristian demokratiyasi axloqiy va qadriyatlarga, ma’naviyatga tayanuvchi asos bo’lib xizmat qiladi, shunigdek, siyosiy o’lchovdagi odob-axloq, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi ijtimoiy ta’limot sifatida tushuniladi. O’z navbatida, axloq va odob tushunchalari ilohiy asosga egadir deb qaraladi va dunyoning qurilishi iste’molchilik asosida tashkil etilishi kerak emas, balki ma’naviyatning ustunligiga asoslanishi lozim deyiladi.

Odob va axloq xristian demokratiya siyosiy kontseptsiyasining ikkinchi muhim elementi hisoblanadi. Har qanday amaliy ijtimoiy-siyosiy doktrina ma’naviy asosga ega bo’lishi kerak. Xristian demokratlarninf fikricha, samarali siyosat har doim ma’naviy-axloqiy asosga qurilishi shart deyiladi.

Axloqlilik shaxsning asosi, mohiyati sifatida talqin qilinadi, shuning uchun siyosat o’z muammolari bilan o’ralashib qolmasligi kerak, balki jamiyat va siyosatda ma’naviy-axloqiy kamolatga va ma’naviy barqarorlikka intilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Siyosiy hulqda “siyosatning axloqiyligi” masalalariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu ma’noda, siyosatchilarning asl qadriyatlarga asoslanmagan kasbiy mahoratlariga qaraganda ularning axloqiy sifatlari va axloqiy javobgarlik hissi katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Xristian-demîkratlari harakatining cherkîv institutlari o’rtasidagi o’zarî alîqalarning o’ziga xîs xarakteriga e’tibor qaratadigan bo’lsak, dastlab “xristian demîkratiyasi” atamasi diniy confessional ma’no bildirib, cherkovning iyerarxiyalashgan darajasining pasayishi va uning o’z qavmlariga yaqinlashuvini anglatar edi. Xristian demîkratiyasi ғ’arbiy Yevropadagi XIX asrning 30-40 yillaridagi inqilobiy voqealar jarayonida siyosiy harakterga ega bo’la boshlaydi.

Uning hozirgi davrgacha saqlanib qolgan siyosiy o’zagini, xristianlik nuqtai nazarini, qadriyatlarini va turmush tarzini xristianlik ideallaridan farq qiluvchi mavjud siyosiy reallik bilan moslashtirish zarurati tashkil etadi. Bu esa nafaqat shaxs bilan bog’liq darajadagi xristianlik qarashlarini aks ettiradigan, balki ijtimoiy munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti strategiyasini aks ettiruvchi ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi ma’lum bir doktrina ishlab chiqilishini talab etardi.

Boshqa tomondan qaraganda esa, ruhoniylar va dinga e’tiqod qiluvchi aholining kattagina qismi xristianlik va demokratiya uyg’unligi davlat qurilishining muayyan modeli sifatida siyosiy va fuqarolik zarurati ekanini yaxshi anglashardi. Amalda bu hol jamiyat tomonidan dinga e’tiqod qiluvchilar orasidagi avtoritar, keyinroq esa totalitar tendentsiyalarga qarama qarshi bo’lgan plyuralizmning, shuningdek, inson qadr-qimmatini, uning huquq va erkinlilarini tan olinishini bildirar edi. Ularning amalgam oshish jarayoni, ayni paytda, xristian demîkratiyasining ravnaq topishi Yevropadagi totalitar va avtoritar tuzumlarning barbod bo’lishi va demokratik qadriyatlar e’tirofiga sabab bo’lgan ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to’gri keldi.

An’anaviy ahlîq nîrmalari, ijtimîiy hayot muammîlariga munîsabatda cherkîv pîzitsiyasining ta’siri.

Xristianlik diniy ta’limoti ma’lum bir oqimlarning nuqtai nazari bo’yicha siyosiy masalalarda bir biridan farq qilishi mumkin. Ammo ijtimoiy ta’limot, insonparvarlik va adolat tamoyillari asosida ommaning to’kinligiga erishishga intilish, shuningdek, an’anaviy axloq me’yorlariga rioya etilishi ularni birlashtirib turadigan elementlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, cherkovning nuqtai nazari bo’yicha xristian demokratiyasi ijtimoiy hayotning muhim muammolariga, jumladan, nikoh institute, abort, evtanaziya, gomoseksualizm va boshqa ijtimoiy muammolarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi deb qaraladi.

Xristian demokratiyasi axloqiy va qadriytlarga tayanuvchi asos sifatida maydonga chiqadi, boshqacha aytganda, u faqatgina e’tiqod va diniy amaliyot emas, balki o’z o’zidan ijtimoiy qadriyat hisoblanuvchi madaniy va tsivilizatsiyaga oid tushuncha bo’lib, u axloqiy me’yorlar, hayot va siyosatning mohiyatini tushunishning manbasi sifatida ko’rib chiqiladi.

Frantsuz persînalizmi va neîtîmizm vakillarining xristian demîkratiyasi mafkurasi rivîjida tutgan o’rni.

Xristian demokratiyasi mafkurasi uchun dindorlikning siyosiy tomonlariga e’tibor qaratuvchi faylasuflar va falsafiy oqimlar, siyosiy tartib va siyosiy axloqning xristianlikka tayanuvchi asoslari – birinchi galda, personalizm va neotomizm alohida ahamiyat kasb etadi.

Xristian demokratiyasi uchun zamonaviy faylasuflar orasida frantsuz faylasuflari Jak Mariten (1882-1973) va Emmanuel’ Mun’e (1905-1950) larning asarlari markaziy o’rin tutadi.

Personalizm alohida olingan shaxsni borliq tsivilizatsiyasining asosiga qo’yadi va shu yo’l bilan xristian axloqi asosida hamda ijtimoiy, siyosiy va diniy plyuralizmni tasdiqlash orqali “personalistik demokratiyaga” yo’l ochadi. Jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun turli ijtimoiy guruhlar o’rtasida hamjihatlikka alohida urg’u beradi hamda boyliklarni adolatli taqsimlashga faqatgina axloqiy jamiyatdagina erishish mumkin, bu jarayonda birorta institut shaxs erkinliklarini cheklamasligi kerak.

Personalizm va neotomizm kontseptsiyalariga tayanadigan xristian demokratiyasi shaxs va uning qadr-qimmatini xristianlik va zamonaviy tsivilizatsiyaning asosi sifatida talqin etadi. Unda inson “individ sifatida emas, balki aynan shaxs, ma’lum bir qiziqish va intilishlar qobig’iga o’ralib qolgan birlik sifatida emas, balki boshqa barcha mavjudodlar orasida alohida belgilari – ong va erkinligi bilan ajralib turuvchi sub’yekt sifatida” qaraladi.

4. Islom Reformatsiyasi g’oyalari, islom modernizmi, islomiy sotsializm va uning vakillari.

Islîm Refîrmatsiyasi g’îyalari, islîm mîdernizmi, islîmiy sîtsializm va uning vakillari.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1150 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.009 ñ)...