Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Neîkînservatizmning iqtisîdiy, siyosiy, ijtimîiy sîhadagi ustuvîr tamîyillari



Neokînservatizmda iqtisodiyot sohasida erkin tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida urg’u beriladi, ammo iqtisodiyot davlat tomonidan tartibga solinishini ham to’liq rad etmaydi, balki uni qisqartirish va optimallashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur mafkuraviy pozitsiyaning nazariy ifodasi bo’lib “taklif iqtisodiyoti” kontseptsiyasi namoyon bo’ladi. Neokînservatizm tarafdorlari bozor iqtisodiyotida vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan qiyinchiliklarning sababi sifatida investitsiyaviy faollik, mehnat samaradorligini to’xtatib turuvchi, raqobatni susaytiruvchi omil bo’lgan ko’p miqdorda iste’mol qilib, juda oz miqdorda jamgarish keltiriladi.

Neokînservatizm siyosiy sohada bozor iqtisodiyoti va siyosiy demokratiya o’rtasida mavjud bo’lgan aloqani qayd etadi va uning faoliyat olib borishining huquqiy tomoniga urg’u beradi. Neokînservatorlar “ishtirokchilar demokratiyasining” rivojlanishidan, ommaning siyosiy jarayonlarga qo’shilishidan, to’g’ridan to’g’ri va referendumli demokratiya elementlarining qo’llanilish sohalarining kehgayish istiqbollaridan tashvish bildirishadi. Bu jarayonlar dohiy shaxsiga sig’inishga asoslangan ommaviy harakatlarning hamda ishonchsiz demokratiyaning paydo bo’lish havfini keltirib chiqaradi deyiladi.

Neokînservatizmning ijtimoiy sohadagi strategiyasi erkin jamiyat sharoitida inson ijtimoiy ta’minotning davlat va hususiy tizimlari orasidan davlat vasiyligi va o’zini o’zi ta’minlashdan birini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishikerakligiga asoslanadi. Ular o’ziga o’zi yordam berish va shaxsiy tashabbusni anglatuvchi subsidarlik printsipini qo’llab-quvvatlashadi. Xristian demokratlari ittifoqining dasturida (1978) ta’kidlanganidek: “Kichik hamjamiyat o’z kuchi bilan amalgam oshirishga qodir bo’lgan narsani kattarog’I o’z zimmasiga olmasligi kerak. Insonni vasiylikka olingan yoki davlat xizmatlarining iste’molchisi bo’lgan darajaga tushurib yuborish kerak emas” deyiladi.

Hîzirgi davrda G’arb mamlakatlari hayotida neîkînservatizm mafkurasi nufuzi saqlanishi îmillari – neokînservatizm mafkurasi o’zining tarixiy evolyutsiyasi jarayonida muxolif mafkuralarning ijtimoiy muammolar yechimiga ta’sir qila oladigan g’oyalar, inson tabiatiga mos ideallarni o’zlashtira olganligi bilan ham bog’liq. Bu esa, o’z navbatida, konservatizmning tarix sinovlaridan o’tgan qadriyatlar, an’analarga sodiqligini isbotlasa, ikkinchi tomondan esa, uning yangi qadriyatlar yaratish yo’lida ijodiy izlanish salohiyatiga ega ekanligini isbotlaydi.

Mafkura fenomenini ilk tadqiqotchilaridan bo’lgan K. Mangeym o’z davrida e’tibor qaratganidek, barcha mafkuralar ichida faqatgina konservatizm transtsendent (davr doirasidan tashqariga chiqib ketgan) g’oyalar emas, balki ijtimoiy hayotning immanent (ichki sabablarga asoslangan) omillariga yo’naltirilgandir. Konservatizmning kamchiligi ham, buyukligi ham shunda degan fikrni ilgari suradi.

Uning boshqa mafkuralar orasidagi o’ziga xos o’rni “avlodlar birdamligi va yakdilligini”, bugungi insonning o’tmish va kelajak oldidagi cheksiz mas’uliyatini yo’qotmaslikka xizmat qiladi. Har qanday sog’lom jamiyat ma’lum darajadagi konservatizmga tabiiy ehtiyoj sezadi deydi.

Turli xalqlar va mamlakatlar hayotida kînservatizmning o’ziga xîs ko’rinishlari haqida fikr yuritganda uning universal ijtimoiy fenomen, ya’ni har qanday jamiyat uchun xos ekanligi haqidagi xulosaga olib keladi. Umuman, kînservatizm har qanday mavjud ijtimoiy tuzum, tarixiy an’analar va azaliy qadriyatlarning himoyachisidir. Shu jihatdan, kînservatorlarni istalgan mamlakatda, har qanday madaniyat doirasida uchratish mumkin. Ammo, bunday talqin juda keng bo’lib kînservatizm o’zining buyuk raqibi liberalism singari, faqatgina rivojlangan demokratik jamiyatlardagina barqaror rivojlana oladi.

Konservatizm orietatsiyasidagi mafkuralar sirasiga AQSHda “respublikachilar”, Frantsiyada “Gollchilar”, Angliyada “torrilar”, G’arbiy Yevropada xristian-demokratlar, Yaponiyada Liberal-demokratlar va boshqa partiyalarning mafkurasini sirasiga kiritish mumkin.

Konservatizm mafkuraviy oqim, intellectual kuch sifatida o’zining ta’sir doirasiga har doim qiyinchilik bilan erishgan. XX asrning 70-80 yillariga qadar u mavqe jihatidan, g’oyaviy-nazariy jihatidan liberalism va sotsializmdan yaqqol ortda qolgan.

Kînservatizm va an’anaviylik munîsabati.

Konservatizmda o’tmish an’analari va odatlariga sodiqlik- an’anaviylik(traditsionalizm) asosiy o’rin tutadi. Unga ko’ra, ijtimoiy hayotga insoniyat tarixining asosini tashkil etuvchi maqsadlar va o’tmish tajribasi belgilovchi ta’sir ko’rsatadi.

Mazkur oldindan belgilanganlik fenomenini kînservatizmdagi oqimlar turlicha talqin etishadi, ammo ularning barchasida “avlodlar birdamligini” tashkil qiluvchi har qanday madaniy va ijtimoiy tajribaning qadr-qimmati va ahamiyati tan olinadi.

Edmund Byork fikriga ko’ra, tarix chayqovchilikka asoslangan dunyoqarashning natijasi emas, balki an’analar, odatlar va axloqning xazinasidir. Shunga ko’ra, davlatlarning Konstitutsiyalari ham mavhum nazariy qoidalar yig’indisi bo’lib qolmasligi kerak va ular ko’p asrlik an’analarga asoslanishi kerak deyiladi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 893 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...