Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Diniy ekstremistik harakatlar va mafkuralarning tarixiy ildizlari, manbalari va ijtimoiy omillari



3. Terroristik g’oya va terrorizm mafkurasining asosiy xususiyatlari.

4. Halqaro terrorizm – umumbashariy muammo.

1. «Fundamentalizm» va «ekstremizm» tushunchasi.

"Fundamentalizm" – tushunchasi (lot. “fundamentus” – asos, negiz, poydevor) islom dini va xalifalik yaratilgan dastlabki davrga qaytish va bu borada har qanday keskin choralar qo’llashni yoqlovchi mafkuraviy oqim hisoblanadi. Fundamentalizm tushunchasini keng sharhlaganda, jamiyat hayotining nafaqat diniy, balki siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotida ro’y berayotgan shunday xususiyatga ega bo’lgan hodisalarga ham to’xtalib o’tish lozim. Ba’zi tadqiqotchilar bunday hodisalarni “siyosiy fundamentalizm”, “iqtisodiy fundamentalizm”, “madaniy fundamentalizm” tushunchalari tarzida izohlashga urinmoqda.

Oxirgi paytlarda jahon matbuotida mutaassib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi. Ammo, diniy fundamentalizm hamma dinlarda mavjud bo’lib, ular quyidagi umumiy xususiyatlarni o’zida mujassam etadi:

1 – qadim aqidalarga tish-tirnog’i bilan yopishib olish;

2 – dinni dastlabki holatda saqlash uchun kurash;

3 – zamon va makondagi taraqqiyotni inkor etish;

4 – “jixod”ni kurash vositasi deb hisoblash.

" Ekstremizm" tushunchasi (lot. “extremus” – o’ta, keskin) ijtimoiy-siyosiy harakterdagi muammolarni hal etishda o’ta keskin chora-tadbirlar, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot hisoblanadi.

Ekstremizm mazmuniga ko’ra – diniy va dunyoviy, namoyon bo’lishiga ko’ra – huauaiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo’lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Diniy ekstremizm qayerda faoliyat ko’rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo qilish bo’lib, bu maqsadga o’zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to’qnashuvlar orqali, ya’ni qon to’kish va zo’rlik bilan erishishni ko’zlaydilar.

Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga hzm katta g’ov bo’ladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo’lga olish bo’lib, bu yo’lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 3442 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...