Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Neîkînservatizm nazariyotchilari



Neokînservatizm mafkurasining yaralishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan nazariyotchilar jumlasiga R. Niburg, D. Bell, K. Mangeym kabi mutaffakir olimlarni kiritish mumkin.

R. Niburg neokînservatizm mafkurasiga inson bir vaqtning o’zida ham yaxshi, ham yomonligi to’g’risidagi g’oyasini kiritdi. U shunday yozadi: “ insonning adolatli bo’la olish qobiliyati demokratiyaga olib keldi, ammo insonning adolatsiz bo’la olishi demokratiyani zarurat etib qo’ydi” deydi.

D. Bell esa G’arbda ham, Sharqda ham zamonaviy industrial jamiyatning birinchi darajali muammosi uning madaniy ziddiyatlari hisoblanadi degan konservatistik fikrni ilgari suradi.

K. Mangeym o’z davrida e’tibor qaratganidek, barcha mafkuralar ichida faqatgina konservatizm transtsendent (davr doirasidan tashqariga chiqib ketgan) g’oyalar emas, balki ijtimoiy hayotning immanent (ichki sabablarga asoslangan) omillariga yo’naltirilgandir. Konservatizmning kamchiligi ham, buyukligi ham shunda degan fikrni ilgari suradi.

Neîkînservatizmning falsafiy asîslari va g’îyaviy determinizm.

Ilmiy adabiyotlarda neîkînservatizmning falsafiy asîslariga ikki xil munosabat bildiriladi:

1- keng ma’noda neîkînservatizm mafkura va siyosatdagi barcha yangi oqimlarni ifodalsh uchun qo’llanilsa;

2- tor ma’noda esa ma’lum guruhdagi nazariyotchining g’oyalarining ifodalsh uchun ishlatiladi.

neokînservatizmga ko’ra dunyoni g’oyalar boshqarishi va uni aylantirishi, hamda barcha ijtimoiy mexanizmlar, oxir-oqibatda, odamlar fikriga asoslanishi bilan falsafiy idealistic asoslarga ega bo’lgan mafkura hisoblanadi. Ya’ni, neokonservatorlar g’oyaviy deterministlar hisoblanishadi. Bu neokonservatizmning muhim belgilaridan biridir.

Chunki, neokonservatizmdagi g’oyaviy determinizm uning boshqa printsiplarining qanday talqin etilishini belgilab beradi. Tabiiyki, so’zlar ma’noga ega bo’ladi, ular g’oyalarni, o’z navbatida g’oyalar esa, reallikni bildiradi, uni saqlash yoki o’zgartirishga qaratiladi. Ko’p hollarda, radikal ijtimoiy o’zgarishlarning tarafdorlari “demokratiya”, “erkinlik”, “ezgulik” so’zlarini suiiste’mol qilishadi. Neokonservatorlar esa, o’zlarining ushbu atamalarini dastlabki, buzilmagan asl ma’nosini qaytaruvchilar deb hisoblashadi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 920 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.007 ñ)...