Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Terrîr va terrîrizm



Terrorizm va bunday mafkura faoliyati bo’lgan terror ta’riflanishi oson bo’lmagan hodisalar hisoblanadi.

Terrorizm – (lot. terror-qo’rquv, dahshat) ma’lum yovuz maqsadlar yo’lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usuli. Qo’rqitish va dahshatga solish orqali o’z hukmini o’tkazishga urinish terrorchilikka xosdir.

Yillar davomida terrorchilik faoliyatining usul va shakllari o’zgarib borgan. Unga ob’yektiv baho berish esa erkin talqinni keltirib chiqaradi. Ilmiy adabiyotlarda, bir tomondan, terrorizm juda keng talqin etiladi. Ikkinchi tomondan, terrorizm mohiyatini toraytirish holatini ham ko’rish mumkin. Uchinchi tomondan esa, terrorchilar o’zlarini ezgu g’oyalar yp’lidagi kurashchilar sifatida ko’rsatishmoqdaki, buni mutlaqo qabul qilib bo’lmaydi. Zero, “Hatto, iblis ham Xudo nomidan ish ko’rishi, qabihlik ham ezgulik niqobini kiyishi mumkin”.

Alohida shaxslar yoki uyushgan jinoiy tashkilotlar terrorchilik tajovuzining sub’yektlari bo’lib, davlat strukturalari yoki alohida olingan fuqarolar terrorchilik ob’yektlari bo’ladi. Shuningdek, xususiy mulk va davlat mulki, infratuzilmalar, hayotiy muhim tarmoqlar ham terorchilik nishoni hisoblanadi.

3. Terroristik g’oya va terrorizm mafkurasining asosiy xususiyatlari.

Terrîristîk g’îya va terrîrizm mafkurasining asîsiy hususiyatlariga – to’xtaladigan bo’lsak, terrorizm ochiqchasiga amalga oshiriladigan yoki amalga oshirish bilan tahdid qilinadigan o’ta xavfli harakatlar bolib ular terrorchilar manfaatlari yo’lida biror qarorning qabul qilinishiga yoki qabul qilinmasligiga to’g’ridan to’g’ri yoki qisman ta’sir ko’rsatish uchun aholini yoki ijtimoiy guruhlarni qo’rqitishga qaratilgan bo’ladi.

Shu jihatdan terroristik g’oya va mafkura zo’ravonlik, repressiya, odamlarni jismoniy yo’q qilish printsiplariga asoslangan harakat strategiyasi; jamiyatda o’lim, qatl etish asosida qo’rquvni hosil qilish; terror siyosati va amaliyoti; tashkiliy guruh va partiya o’z maqsadlariga erishish uchun muntazam ravishda zoravonlik ishlatishiga asoslangan, ijtimoiy hayotda beqarorlikni keltirib chiqarishning eng xavfli usuli; jinoiy qonunchilikda qayd etilgan jinoyatlarning jamiyat uchun eng xavfli turidir.

Ba’zi terrorchilar amalga oshirilgan terrochilik harakatlarini oqlash uchun mafkuradan foydalanadilar. Xususan, buni ko’p terrorchilarni mafkura umuman qizziqtirmasligi, ularda aniq va maqsadli reja yo’qligi isbotlaydi. Muayyan hollarda mafkura terrorchi guruhlar uchun ortiqcha yuk bo’lib qoladi. Bunday paytda g’oyalar o’zgaradi, dastlabki g’oyaviy maqsadlar keyingi o’rinlarga tushadi. Ya’ni, mafkura o’zi mavjud bo’lgan muhitdan kelib chiqib o’zgaradi. Shu bilan birga, faoliyati muayyan mafkuraga qat’iy asoslangan terrorchi tashkilotlar ham mavjudki, aynan ular asosida terrorizm mafkurasi xususida so’z yuritish mumkin bo’ladi.

Terrîrizmning ratsiînal va irratsiînal tabiatiga - ko’ra iqtisodiy, siyosiy, diniy, g’oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Ta’qib, zo’ravonlik, qo’poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko’rinishi uchun umumiy xususiyat bo’lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun demokratiya qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.

Iqtisodiy manfaatlarni ko’zlovchi va moddiy boyliklarni o’zlashtirishni maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini jismoniy yo’qotish, o’g’irlab ketish, zo’rovonlik, tajovuz bilan qo’rqitib, o’z hukmini o’tkazishga urunish, boyliklarini o’zlashtirib olish yo’llaridan foydalaniladi.

Keyingi paytlarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda.

O’zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo’lga kiriishni ko’zlovchi kuchlarning zo’ravonligi va qo’poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo’ladi. Terrorizm qanday bayroq ko’tarib chiqmasin, qanday shiorlar bilan niqoblanmasin, uning reaktsion, jinoyatkorona mohiyatini farqlab olish, yovuz niyatini ochib tashlash ongli, hurfikrli insonning, har bir vatanparvar fuqaroning burchidir.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1807 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...