Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Kînservativ - liberal kînsensus



Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki o’n yillikda konservatizm mudofa holatida turdi. G’arbning siyosiy mafkurasida reformizmning turlicha talqinlari yetakchilik qilardi, chunki erkin bozor iqtisodiyoti o’z taraqqiyotining manashu tarixiy bosqichida davlat tomonidan tartibga solinishga va kuchli ijtimoiy siyosatga muhtoj edi. Bir qator mamlakatlarda siyosat maydoniga liberallar va sotsial-demokratlar bilan kelishishlari o’zlarining o’ng qanot birodarlariga nisbatan oson kechadigan reformistik qarashdagi mo’tadil konservatorlar chiqib kelishdi.

Shu davrda AQSH va Buyuk Britaniyada yirik siyosiy partiyalarning manfaatlariga to’la mos keladigan kelishuvchilik kursi – konservativ liberal consensus shakllandi.

AQSH prezidenti D. Eyzenxauer “ o’z hukumati iqtisodiy siyosat nuqtai nazaridan konservativ, xalq farovonligiga erishish nuqtai nazaridan esa liberal bo’lishi”ni ta’kidlagan edi. Bu davrda Buyuk Britaniyada esa “batskellizm” shakllandi. Bu atama konservativ partiyaning reformistik qanoti yetakchisi Batler hamda o’ng leyboristlar rahbari Geytskell familiyalaridan olingan edi.

4. Zamonaviy konservatizmning o’ziga xos xususiyatlari.

Zamînaviy kînservatizmning o’ziga xîs hususiyatlari.

Zamînaviy kînservatizmning konservatizm uchun an’anaviy bo’lib kelgan go’yalar, ya’ni axloqiy absolyutizm, antiegalitarizm, ijtimoiy taraqqiyotning ob’yektivligiga shubha va boshqalarni qat’iy himoya qiladi. Ana shularga ko’ra, Zamînaviy kînservatizmning o’ziga xîs hususiyatlari quyidagicha talqin etiladi:

- z amînaviy kînservatizmda inson hayoti cheksiz murakkab va anglash mushkul bo’lgan hodisa sifatida qaraladi, unga ko’ra insonlar o’zlari yashayotgan dunyo haqida juda oz narsani bilganliklari sababli uni o’zgartirish borasidagi imkoniyatlari ham o’ta cheklangan deyiladi;

- z amînaviy kînservatizm mafkurasiga ko’ra inson bir vaqtning o’zida ham yaxshi, ham yomonligi g’oyasi ilgari suriladi;

- z amînaviy kînservatizm insonning ijtimoiy mavjudodligi g’oyasini ilgari suradi, unga ko’ra jamiyatda ijtimoiy institutlar juda muhim o’rin tutadi, ammo hech nima ezgu jamiyatni yaratish yo’lida mehnat qilish uchun kuch sarflayotgan, axloqiy jihatdan ma’lum yo’nalishga ega bo’lgan shaxslar o’rnini bosolmaydi deyiladi;

- z amînaviy kînservatizmga ko’ra dunyoni g’oyalar boshqarishi va uni aylantirishi, hamda barcha ijtimoiy mexanizmlar, oxir-oqibatda, odamlar fikriga tayanishi aytiladi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 951 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.007 ñ)...