Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Kînservatizmning tarixiy shakllari



Konservatizmning ilk shakli klassik konservatizm bo’ib, unda G’arbiy Yevropadagi burjua inqiloblari natijasida mavqeiga putur etgan aristokratiyaning manfaatlari aks etgan. Klassik konservatizmning asosiy tezislari ma’rifatparvarlik va liberalism mafkuralarining asosiy qoidalariga antitezislar sifatida vujudga kelgan.

Ilk davrdayoq konservatizm mafkurasi bir xillikka ega bo’lmagan bo’lib, unda asosan ul’trakonservativ va mo’tadil(liberal-konservativ) yo’nalishlari mavjud edi.

XX asrning boshida konservatizm o’ng radikalizm ko’rinishidagi jiddiy raqobatchi bilan yuzma-yuz keldi. Ammo shu o’rinda qayd etib o’tish kerakki, bir tomondan konservatizmning, ikkinchi tomondan esa fashizm va natsizmning asosiy printsiplari jiddiy ravishda bir-biridan farq qilardi.

AQSHda bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishining turlicha shakllarining amaliyotga kiritilishi bozor konservatizmining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

Murosa falsafasini, kelishuvchilik siyosatini rad etadigan o’ng konservatizm Amerikada “qattiq individualizm” nomini oldi va u ayrim yutuqlarga qaramay, 70 yillarga qadar panada qolib ketdi uning intelektual asoslari zaif bo’lib va aholining keng ijtimoiy qatlamlarining qo’llab-quvvatlashi yetishmas edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa qit’asida konservatizm odatda xristian-demokratik kuchlar doirasida faoliyat olib bordi. Konservatizm xristian-demokratiyaning o’ng qanotini tashkil qilib, uning siyosiy dasturida liberal va konservativ tendentsiyalar uyg’unlashib ketgan edi.

Shuningdek XX asrning 70-yillarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ravnaqi, erkin bozor munosabatlarining keng rivojlanishi, g’arb jamiyatining postindustrial rivojlanish bosqichiga o’tishi konservatizmga yangi kuch bag’ishladi va “ neokonservatizm ” nomi ostida qudratli mafkuraviy oqimning paydo bo’lishiga olib keldi.

Klassik kînservatizm va undagi an’anaviy (ul’trakînservativ) va mo’’tadil (liberal-kînservativ) îkimlar.

Ilk davrdayoq konservatizm mafkurasi bir xillikka ega bo’lmagan bo’lib, unda asosan ul’trakonservativ va mo’tadil(liberal-konservativ) yo’nalishlari mavjud edi.

Siyosiy reaktsiyaga xizmat qilgan, Rim papasining diniy rahnomaligida universal Yevropa monarxiyasini o’rnatish g’oyasini ilgari surgan J. de Mestrning nuqtai nazari, E. Byorkning dvoryanlar, o’rta qatlam vakillari va jamiyatning o’qimishli qismini o’zida birlashtirgan tabiiy aristokratiya hokimiyati, “inson huquqlari (ularning afzalliklarida) hukumat uchun juda foydali, ular aksariyat hollarda mehribonlikning ko’pdan ko’p ko’rinishlari bilan me’yorlashgan” bo’lishligi haqidagi qarashlaridan tubdan farq qilardi.

Yuqoridagi fikrlar ul’trakonservativ va mo’tadil(liberal-konservativ) yo’nalishlari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qildi hamda ushbu mafkuralarni ijtimoiy hayotda qo’llab-quvvatlanishiga olib keldi.

XX asrda kînservatizm evîlyutsiyasi, liberalizm qadriyatlarining kînservativ tus îlishi. Liberalizm va kînservatizmning o’zarî sintezi.

XX asrda kînservatizm - liberalizm mafkurasi bilan uyg’unlasha boshladi va natijada liberalizm qadriyatlarining kînservativ tus îlishi jarayoni kechdi. Jumladan, Klassik-liberalizmning bir qator printsipial qoidalari, jumladan, erkin bozor va unga davlat aralashuvining cheklanishini talab qilish masalasi, tom ma’noda konservatizmning g’oyaviy zahirasidan qat’iy joy oldi. Ayni paytda, ilgari an’anaviy konservatorlar tomonidan ilgari surilgan davlat hokimiyatining markazlashgan kuchli regulyatorlik g’oyasi esa liberalizmning muhim komponentlaridan biriga aylandi.

Kînservatizm o’zining evîlyutsiyasi davomida ko’plab g’oyalar, ideallar va qadriyatlarni g’oyaviy muxoliflaridan, avvalo, liberalizmdan o’zlashtirgan. Ammo, zamonaviy konservatizmda shunday bir asoslar mavjudki, uning ildizlari klassik konservatizmga borib taqaladi va hali-hanuz ommaviy ongga, ijtimoiy dunyoqarashga o’zining ahloqiy va intellectual ta’sirini o’tkazib kelmoqda.

Shuningdek kînservatizm mafkurasi o’zining ijtimoiy-siyosiy dasturini ishlab chiqishi jarayonida aynan liberalizm mafkurasi yo’l qo’gan kamchiliklarni hamda xatolarni muxolif mafkura sigatida o’zida to’g’rilab o’tgan va shu bilan ham ushbu mafkuralar ijtimoiy hayotda vaqti-vaqti bilan ustunlikka ega bo’lib turishgan.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1140 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...