Студопедия.Орг Главная | Случайная страница | Контакты | Мы поможем в написании вашей работы!  
 

Konservatizm va Modernizatsiya munosabati



1. “Konservatizm” tushunchasi.

"Kоnservatizm" tushunchasi – lotincha “coservo”- “saqlayman, muhofaza qilaman” degan so’zdan kelib chiqqan bo’lib, zamonaviy siyosiy mafkuralar tizimida yetakchi mavqelarga ega bo’lgan mafkuralardan biri hisoblanadi.Ammo konservatizmning asosiy mazmunini aniqlashda bir qator qiyinchiliklar mavjud. Bunga sabab, rivojlanish jarayonida konservatizm va liberalizmning tarixiy ma’no-mazmunida o’zgarishlar sodir bo’lgan.

Konservatizm mafkurasi XVIII asrda Angliyada liberalism mafkurasiga javob sifatida vujudga keldi.

Konservatizm tushunchasi ikkita asosiy ma’noga ega:

1 – insonuchun qadrli bo’lgan narsani saqlash va qo’llab-quvvatlash.

2 – manfaatparastlik asosida, o’tmishda mavjud bo’lgan imtiyozlarni saqlab qolish maqsadida o’tmishni ilohiylashtirish kabi mohiyatga ega.

Klassik-liberalizmning bir qator printsipial qoidalari, jumladan, erkin bozor va unga davlat aralashuvining cheklanishini talab qilish masalasi, bugungi kunda, tom ma’noda konservatizmning g’oyaviy zahirasidan qat’iy joy olgan. Ayni paytda, ilgari an’anaviy konservatorlar tomonidan ilgari surilgan davlat hokimiyatining markazlashgan kuchli regulyatorlik g’oyasi, endilikda liberalizmning muhim komponentlaridan biriga aylanmoqda.

Konservatizm mafkurasining nazariyotchilari jumlasiga K. Rossiter, S. Xantington, R. Nizbet, Edmund Byork, J. de Meestr, L. de Bonal’d, K. Geller, R. pill, B. Dizraeli, X. Donoso Kortes, A. de Tokvil, J.J. danton, J.P. Marat, M. Robesp’er kabi mutaffakirlarni kiritish mumkin.





Дата публикования: 2014-11-04; Прочитано: 1583 | Нарушение авторского права страницы | Мы поможем в написании вашей работы!



studopedia.org - Студопедия.Орг - 2014-2024 год. Студопедия не является автором материалов, которые размещены. Но предоставляет возможность бесплатного использования (0.007 с)...