Студопедия.Орг Главная | Случайная страница | Контакты | Мы поможем в написании вашей работы!  
 

Libertarizm nazariyotchilari



Libertarizm mafkurasining nazariyotchilari jumlasiga U. Lippman, Fridrix Fon xayek, R. Nozik kabi olimlarni kiritish mumkin. Jumladan U. Lippman erkin raqobatga qaytish odamlarning moddiy farovonligini kelgusida tenglashtirish va quyi sinflarning turmush sharoitlarini yaxshilashga erishish vositasi ekanligi to’g’risidagi qarashlarni ilgari suradi.

XX asrning 70-yillarining o’rtalaridan keyin Avstriyalik faylasuf va iqtisodchi olim Fridrix Fon Xayekning nuqtai nazari g’olib chiqdi hamda Yevropa neoliberalizmini o’z ta’siriga bo’ysundirdi. Uning ta’limotiga ko’ra, mazkur davrda G’arbning rivojlanagan mamlakatlari duch kelgan iqtisodiy inqirozga liberalism printsiplaridan chetga chiqish va davlatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga faol aralashuvi sabab bo’lgan. Liberal dunyoqarashning inqirozi kollektivizm va rejalashtirish g’oyalarining ildiz otishiga olib keldi. Fridrix Fon Xayek fikricha, ular esa, nafaqat erkin bozorning yo’q qilinishiga, balki demokratiya va fuqarolar erkinliklarining barham topishiga ham olib keladi.

Fridrix Fon Xayek iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar sohalariga davlatning aralashuvi zarurligini inkor etmaydi. Asosiy muammo ana shu aralashuvning shakllari va chegaralaridadir. Fridrix Fon xayek “huquqiy demokratiya” tarafdori hisoblanadi va erkinlikni o’z diqqat markaziga qo’yadi.

Libertarizmning boshqa bir yirik ideologlaridan bo’lgan R. Nozikning fikricha, G’arbda liberal-reformizm ta’sirida shakllangan zamonaviy davlat individual erkinliklarning asosiga tahdid soluvchi qobiqdir, chunki u ko’proq tenglik va ijtimoiy adolatga erishish uchun shaxsiy tashabbusga faol ta’sir ko’rsatadi. Faqat fuqarolarning o’zlarigina aslida nimani xohlashlarini belgilashga haqlidirlar, shu bois, davlat ularning hayotiga qanchalik kam aralashsa, ular uchun bu shunchalar yaxshiroq.





Дата публикования: 2014-11-04; Прочитано: 854 | Нарушение авторского права страницы | Мы поможем в написании вашей работы!



studopedia.org - Студопедия.Орг - 2014-2024 год. Студопедия не является автором материалов, которые размещены. Но предоставляет возможность бесплатного использования (0.007 с)...