Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

XX asrning 60-yillarida AQSHda liberal-refîrmizm mafkurasining rivîjlanishi va uning sabablari



Aytish mumkinki, liberal-refîrmizm XX asrning 60-yillarida AQSHda J.Kennedi va J.Jonson prezidentliklari davrida o’z rivojining cho’qqisiga etishdi. Bu vaqtda “Yangi marralar” va “Buyuk jamiyat” dasturlari “Mafkuralarning tugashi” va “texnokratiya davri” g’oyalari asosida amalgam oshirilgandi. Bu davrda liberal-refîrmizm strategiyasining muhim nuqtalarini iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini qo’llab-quvvatlash, kapitalning tashqi ekspantsiyasi, iste’molning rag;batlantirilishi. Bu strategiya o’z mahsulini berdi: iqtisodiy o’sish sur’atlari 50-yillarda kuzatilgandan ikki baravardan ziyodroqqa oshdi, xususiy korporatsiyalarning yillik daromadlari ikki baravar oshdi, amerikaliklarning turmush darajasi ham sezilarli darajada ortdi.

Masalan, AQSH byudjetida ijtimoiy soha uchun harajatlar 1960-yilgi 27% dan 1979-yilda 54% ga etdi, ta’lim uchun harajatlar 1% dan 4,5% ga, sog’liqni saqlash harajatlari 1% dan 10% ga oshdi

Agar XX asrning birinchi yarmida o’zaro yordamning barcha funktsiyalari individlarning shaxsiy xayotiga taalluqli masalalar sifatida qaralib kelingan bo’lsa, ikkinchi yarmidan boshlab ijtimoiy sug’urta tizimi, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, turli shakldagi ijtimoiy to’lovlar va boshqalar davlat tasarrufiga o’ta boshladi.

"Umumiy farîvînlik davlati" nazariyasi.

AQSHda iqtisodiy o’sish sur’atlarining yuqori darajadaligi 1960-yillarda liberal-refîrmizm doirasida “umumiy farovonlik davlati” nomli yangi nazariyaning shakllanishiga turtki bo’ldi. U erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning ijtimoiy sohasida davlatning yangi vazifa va funktsiyalarini aks ettirib berdi.

U mumiy farovonlik davlati kontseptsiyasining amalgam oshirilishi ziddiyatli natijalarga olib keldi. Bir tomondan, aholining turmush faravonligi sezilarli darajada ortdi, o’rta va kambag’al sinflar o’rtasidagi tafovut sezilarli darajada kamaydi, kapitalizmning shaklini o’zgartirib, jiddiy ijtimoiy muammolarni hal qila olish qobiliyati namoyon etildi. Boshqa tomondan esa bu dastur bir qator muammolarni keltirib chiqardi, bular:

Birinchidan: davlatning barcha fuqarolar uchun javobgarligi g’oyasi 1960-1970 yillarda mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatgan “o’sib boruvchi da’volar inqilobiga” sabab bo’ldi. Bandlik, ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy yordamning turli hil shakllari, ozchilikning huquqlari va boshqalar oddiy fuqarolar tomonidan davlat o’zlariga kafolatlashi shart bo’lgan huquqlar sifatida qarala boshlandi.

Ikkinchidan: ko’plab ijtimoiy davlat dasturlarining amalgam oshirilishi, “ijtimoiy masalalarga texnik javoblar topish davri” kelganligi to’g’risidagi texnokratik xomxayollar jamiyatning byurokratlashuvini kuchaytirdi.

Uchinchidan: liberal-refîrmizm g’oyalar bozoridagi raqobat kurashiga chidamadi va XX asrning oxirlarida o’z o’rnini klassik liberalizmdan ruhlangan “neokonservatizm” va “neoliberalizm” deb nomlanuvchi mafkuraviy oqimlarga bo’shatib berdi.

3. Libertarizm va liberalizmning o’zaro nisbati va umumiy jihatlari.

Libertarizm va liberalizmning o’zarî nisbati va umumiy jixatlari.

Libertarizm o’tgan asrning30-yillarida amerikalik journalist va siyosiy arbob Uolter Lippmanning kollekvium ishi jarayonida XIX asrning bir qator yechimlariga qaytgan “neoliberallar” guruhi shakllangach yuzaga kelgan. Bu guruh birinchi galda Angliya,Avstriya,AQSH va Germaniya libertarizm maktablarining vakillari bo’lgan iqtisodchilardan iborat edi.

Libertarizm va liberalizmning o’zarî nisbati va umumiy jixatlari quyidagilar:

Birinchidan: liberalizmning barcha zamonaviy ko’rinishlari tabiiy huquq nazariyasiga, inson huquqlari konseptsiyasiga asoslanadi. Agar, ular libertarizmda asosan fuqarolik va siyosiy huquqlarga ajratilsa, liberal-reformizmda esa ular ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy huquqlarning butun boshli qatoriga taalluqli deb hisoblanadi.

Ikkinchidan: zamonaviy liberalizm individualizm kontseptsiyasi manfaatlar va kommunitarizm tarafdorlari individlar faqatgina individlarning hatti-harakatlari va o’zligini anglashiga ta’sir ko’rsatuvchi hamjamiyat doirasidagina faoliyat olib borishlari hamda o’z maqsadlariga erishishlarini qayd etishadi.

Uchinchidan: barcha liberal mutafakkirlar huquqiy davlat tarafdorlari bo’lib qolishaveradi, faqatgina libertarizm tarafdorlari “minimum davlat” g’oyasini yoqlashadi.

To’rtinchidan: zamonaviy liberalism imkoniyatlar tengligini, faqat liberal-reformizm esa sharoitlar tengligini yoqlaydi.

Beshinchidan: plyuralizm kontseptsiyasi liberalizmning daxlsiz asosi bo’lib qolmoqda.

Oltinchidan: ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi, bu jarayonda davlatning ro’liga qarab, zamonaviy liberallar tomonidan turlicha talqin qilinadi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1194 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.005 ñ)...