Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Klassik liberalizm va uning sîtsial ideallari



Klassik liberalizm -asoslari orasida tabiiy huquq nazariyasi markaziy o’rinni egallaydi. Unga ko’ra, barcha odamlar o’zlarining erkinligidan, jamoaning erkinligidan, jamoyatning erkinligidan qat’it nazar tabiiy, daxlsiz, begonalashtirilmaydigan huquqlarga ega bo’lishadi. Klassik liberalizmga ko’ra, individual erkinlik nafaqat huquqiy davlatning konstitutsion mexanizmlari, balki davlat funktsiyalarining minimumga kamaytirilishi bilan ham kafolatlanadi.

Klassik liberalizm nazariyasini rivojlantirgan olimlar jumlasiga Tomas Gobbs, Jon Lokk, I. Kant, Adam Smit, M. Veberlar kiradi.

Klassik liberalizmning yana bir xususiyati shundaki, u insonning tabiiy tengsizligidan kelib chiqadi, chunki insonlar bir xil sharoitda ham har xil natija ko’rsatishadi. Bu o’rinda ta’kidlash kerakki, liberalizm uchun ijtimoiy tengsizlik ideal emas, balki tabiiy biologik, ijtimoiy va tarixiy faktdir.

Klassik liberalizm ijtimoiy-iqtisodiy sohada erkin bozor printsiplari, shaxsiy tashabbus, sog’lom raqobat ideallarini himoya qilgan.

Liberalizmda insînning tabiiy huquqlari, individualizm, "minimal davlat", ijtimîiy taraqqiyot kîntseptsiyalari.

Liberalizmda tabiiy huquq nazariyasiga alohida urg’u beriladi. Tabiiy huquq nazariyasi esa, shartnomaviylik va individualizm, ya’ni individual erkinlik, individual dunyoqarash va individual manfaatga asoslanuvchi dunyoqarash bilan mustahkam bog’langan. XVII asrda Tomas Gobbs va Jon Lokk tomonidan tabiiy huquq nazariyasining shakllantirilishi, liberalizmning sistemalashtirilishi natijasida davlat va jamiyat muammolari hokimiyatda turuvchilarning nuqtai nazaridan emas,,alki davlat hokimiyatining huquq tomonidan cheklanishini ta’minlab beruvchi fuqarolar huquqlari nuqtai nazaridan qaraladigan bo’ldi.

Liberalizm cheklangan davlat nazariyasiga tayanuvchi mafkura sifatida huquqiy davlatni – absolyut davlatga, minimum davlatni – maksimum davlatga qarshi qo’yadi. Klassik liberalizm uchun siyosiy sohada demokratiya emas, balki nomokratiya ideal bo’lib xizmat qiladi. Liberalizm bo’yicha, har qanday davlat o’zining funktsiyalarini cheksiz kengaytirishga moyil bo’ladi. Shu boisdan, liberallar nafaqat davlat hokimiyatining amal qilish chegaralarini, balki uning funktsiyalarini ham cheklash g’oyalarini ilgari suradi. Davlat hokimiyatining amal qilish chegaralarining cheklanishi deyilganda huquqiy davlat, davlat funktsiyalarining cheklanishi esa, minimal davlat nazarda tutiladi. Liberalizm doirasida mazkur ikkita kontseptsiya ilgari surilgan bo’lsada, davlatni huquqiy nominimal davlat va minimal nohuquqiy davlatga ajratish mumkin.

Liberalizmda "erkinlik " va "hîkimiyat" tushunchalari.

Liberalizm mafkurasi "erkinlik " va "hîkimiyat" ning o’zaro zidligidan kelib chiqadigan tushunchalar antinomiyasi sanaladi. Ikki individ o’rtasifagi munosabatlarda ulardan birining hokimiyati qancha oshib borsa, ikkinchisining erkinligi shuncha kamaya boradi. Va aksincha, ikkinchi individning erkinligi doirasi kengayishi bilan birinchisining hokimiyati kamayaveradi.

Liberalizm individual erkinlik, individual dunyoqarash va individual manfaatga asoslanuvchi dunyoqarash bilan mustahkam bog’langan. Unga ko’ra, barcha odamlar o’zlarining erkinligidan, jamoaning erkinligidan, jamoyatning erkinligidan qat’it nazar tabiiy, daxlsiz, begonalashtirilmaydigan huquqlarga ega bo’lishadi.

Siyosiy hokimiyatning harakatlari boshqariluvchilarning rozichiligiga asoslangandagina qonuniy kuchga ega bo’lishi, shuningdek hokimiyat sub’ektlari va unga bo’ysunuvchilar o’rtasida shartnomaning mavjud bo’lishi shartligi g’oyasi hokimiyatning mavjudligidan qat’iy nazar individlar ma’lum bir huquqlarga ega bo’lishlari haqidagi tezislardan kelib chiqqan.

Liberalizmning tarixiy ahamiyati shundaki, u davlat hokimiyatini konstitutsiya yo’li bilan cheklash uchun absolyutizmga qarshi kurashib kelgan. Liberal nuqtai nazardan erkinlik bilan mos keladigan va uning rivoji ham bo’lgan tenglikning yagona shakli erkinlikdagi tenglikdir.

"Liberal-refîrmizm" va "etatistik liberalizm"ning tarixiy kelib chiqishi va asîsiy vakillari.

Birinchijahon urushi va ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy bo’hron davrida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchaydi va bu o’z navbatida klassik liberalizmga jiddiy zarba berdi. Natijada liberalism XX asrning 30-yillarida Liberal-refîrmizm va neoliberalism nomi ostida qayta shakllandi.

Liberal - refîrmizm tarixan AQSH da paydo bo’lgan va ko’pincha uni o’sha erda neoliberalizm ham deb ataladi. Ushbu o’rinda chalkashlikka yo’l qo’ymaslik uchun "Liberal-refîrmizm" va "etatistik liberalizm" atamalaridan foydalaniladi.

"Liberal-refîrmizm" va "etatistik liberalizm" mafkuralarining shakllanishida Jon Styuart Mill, Jon Keyns, U. Jeyms, J. D’yui, Jon Roulz, F.Xayek kabi olimlarning xizmatlari juda katta.

Pragmatizm falsafasining liberal-refîrmizm mafkurasi shakllanishiga ta’siri.

"Teng imkîniyatlar va teng sharîitlar" muammîsining liberal-refîrmistik (ijtimîiy liberal) echimi.

Klassik liberalizmning yana bir xususiyati shundaki, u insonning tabiiy tengsizligidan, ya’ni "teng imkîniyatlar va teng sharîitlar" muammîsidan kelib chiqadi, chunki insonlar bir xil sharoitda ham har xil natija ko’rsatishadi. Bu o’rinda ta’kidlash kerakki, liberalizm uchun ijtimoiy tengsizlik ideal emas, balki tabiiy biologik, ijtimoiy va tarixiy faktdir. Liberal nuqtai nazardan erkinlik bilan mos keladigan va uning rivoji ham bo’lgan tenglikning yagona shakli erkinlikdagi tenglikdir. Jamiyatda har kimga uning boshqa odamlar bilan birgalikda yashashi uchun imkoniyat beradigan darajada erkinlik berilishi kerak, ya’ni har kim boshqa individlarning teng erkinliklariga dahl qilmaydigan hamma narsani qilishi mumkin. Amaliy nuqtai nazardan bu narsa hammaning qonun oldida tengligini va teng huquqlilikni anglatadi.

Shunga ko’ra, barcha fuqarolar bir xil qonunlarga bo’ysunishlari shart, alohida olingan ijtimoiy sinflar va qatlamlar uchun maxsus qonunlar bo’lishi mumkin emas. Teng huquqlilik haqida gap ketganda aytib o’tish zarurki, faqat barcha fuqarolar o’zlarining sinfiy, milliy, diniy yoki boshqa turdagi mansubligidan qat’iy nazar foydalana oladigan huquqlargina asosiy huquqlar hisoblanadi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1839 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.007 ñ)...