Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Mafkuraviy kurash mafkuraviy jarayonning muhim sifatiy belgisi sifatida



Mafkuraviy kurash mafkuraviy jarayonning muhim sifatiy belgisi sifatida - Mafkuraviy kurash muayyan g’oyalarni singdirish jarayonini ham anglatadi.

Eng avvalo mafkuraviy kurashning manbaini o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi turli g’oyaviy qarashlarning sohiblari, ularning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Ammo mafkuraviy kurash sodir bo’lishi uchun turli ijtimoiy guruhlar mavjudligining o’zi yetarli emas. Ularning manfaatlari bir-biridan farqlanuvchi g’oyaviy shakllar kasb etgan, soda qilib aytganda, mafkuraviy plyuralizm bo’lgandagina real xarakter kasb etadi. Shundagina mafkuraviy kurash jamiyat rivojlanishini ta’minlashning zaruriy sharti sifatida o’zligini namoyon qiladi.

Mafkuraviy kurashda raqîbat va kînfrîntatsiya namîyon bo’lishining o’ziga xîs hususiyatlari – shundaki, mafkuraviy kurashni mafkuraviy qarashlarning har qanday ko’rinishini yo’q qilishga, g’oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlardan farqlash kerak. Mazkur sifatiy holatni harakterlash uchun mafkuraviy konfrontatsiya (frantsuzcha – qarama-qarshi qo’yish) terminini qo’llash o’rinlidir.

Mafkuraviy konfrontatsiya aksariyat hollarda g’oyaviy sohada mutlaq ustuvor bo’lib kelgan qarashlar tizimi barbod bo’lgan, kishilar ko’p yillar davomida shakllanib kelgan hayotiy mo’ljallarini yo’qotib qo’ygan, sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi.

Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o’tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolish yoki harbiy harakatlar, o’zaro urushlarda yengilish natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasi bo’lishi ham mumkin.

Sîtsial-sinfiy adîvatga asîslangan g’îyaviy kînfrîntatsiyadan ijtimîiy hamkîrlik ruhi ustuvîr bo’lgan mafkuraviy raqîbatga o’tish hîzirgi davrdagi mafkuraviy jarayonlarning asîsiy hususiyati sifatida – aytish mumkinki, kishilik jamiyati taraqqiyoti sotsial-sinfiy adovatga asoslangan, ya’ni g’oyaviy antqgonizmga asoslanadigan mafkutaviy konfrontatsiya yuzaga kelishi uchun real shart-sharoit paydo bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bunday antagonism muayyan jamiyat (davlat) doirasidagi hamda mamlakatlararo darajadagi ziddiyatlarning keskin harakter kasb etishining in’ikosi hisoblanadi.

Mafkuraviy konfrontatsiya vayronkor harakterga ega bo’ladi. Zero, unda dushman deb hisoblangan mafkuralarni yo’qotishga alohida e’tibor beriladi.

Bunday paytda o’z davriga nisbatan yashovchan, kishilar ruhiyati, orzu umidlari bilan bog’liq mayllarni to’g’ri va aniq ifodalagan mafkura g’olib bo’ladi. Ammo u mohiyatan hamma vaqt ham progressive harakterga ega bo’lmasligi mumkin. Fashistlar Germaniyasida national sotsializm, shorolar davrida bol’shevizmning muxolif g’oyaviy qarashlar, ularning tashuvchilari va tarafdorlarini yo’q qilish yo’lida olib brogan g’ayriinsoniy harakatlari buning isboti bo’la oladi.

4. Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda mafkuraviy jarayon shakllanishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.

Mustaqillik sharîitida O’zbekistînda mafkuraviy jarayon shakllanishi va rivîjlanishining o’ziga xîs hususiyatlari – haqida gap ketar ekan, eng avvalo u istiqlolning qo’lga kiritilishi tufayli yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning hosilasi ekanligini ta’kidlash zarur.

Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda iqtisodiy mo’ljallar, ijtimoiy ideallar, siyosiy strategiya, huquqiy paradigmalar va ma’naviy-madaniy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari g’oyaviy jihatdan asoslangan milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish yo’lidan borildi.

Mazkur jarayonda mustabid mafkura asoratlarini bartaraf etish, ko’hna qadriyatlarimiz, dinu diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo’lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini ta’minlashga ham ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qaraldi. Zero, kishilar ongi, dunyoqarashini o’tmish illatlaridan tozalamay turib, yangi jamiyat, yangicha tafakkurni shakllantirib bo’lmaydi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 8501 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.008 ñ)...