Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Libertarizm muxîliflari



Libertarizm mafkurasiga muxîlif mafkuralar sifatida dastlab, XVIII asrda Angliyada liberalism mafkurasiga javob sifatida konservatizm mafkurasi vujudga keldi. Bu mafkura inson hayotida siyosat va mafkuraning ustun turishini rad etishga asoslangan mafkura ekanligi bilan ham harakterlidir.

Shuningdek muxolif mafkuralar sifatida bu davrda ul’trakonservatizm, liberal-konservatizm, neokonservatizm, sotsial-demokratiya, xristian-demokratiya kabi mafkuralar vujudga keldi.

Ushbu muxolif mafkuralar ijtimoiy hayotda erkinlik, tabiiy va sun’iy huquqlar, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar, bozor munosabatlarini tashkil etish kabi masalalarga turlicha yondashishlari va yoqlashlari bilan bir-biridan farq qilishgan, shuningdek bu mafkuralar aynan birida yo’l qoyilgan kamchilikdan samarali foydalanib, uni o’z mafkurasining asosiy g’oyasi qilib olishgan.

Libertarizmda klassik liberalizm printsiplarining qayta tiklanishi, erkin tadbirkîrlik va erkin bîzîr printsiplarining mutlaqlashtirilishi va davlat funktsiyalarining minimallashtirilishi.

Libertarizm mafkurasining shakllaninshi bilan klassik-liberalizm g’oyalariga qaytadan murojat qilindi va yangi mafkuraning asosiy g’oyalariga aylantirildi. Jumladan libertarizm mafkurasini ijtimoiy hayotga tadbiq etish orqali erkin raqobatga qaytish odamlarning moddiy farovonligini tenglashtirish va quyi sinflarning turmush shariutlarini yaxshilashga erishish vositasi ekanligi to’g’risidagi qarashlar ilgari surila boshlandi.

Shuningdek bu mafkura G’arbning rivojlangan mamlakatlari duch kelgan iqtisodiy inqirozdan ularni chiqarish uchun davlatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga aralashuvini cheklash va minimallashtirish lozim degan qarashni ilgari suradi.

F. Xayek uchun ko’pgina liberal-reformistik hukumatlarning ijtimoiy adolat shiori ostida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga aralashishga urinishi g’oyaviy buzilish va aynish misoli bo’lib xizmat qilgan. Taqsimlovchi adolat har doim ham hokimiyatga tayanadigan, xuddi odamlar o’z intilishlari uchun qanday mukofot olishlarini va ular o’zlarini qanday tutishlari shartligini bilgandek resurslarni to’playdigan va bir joyga jamlaydigan markaziy tuzilma mavjudligini nazarda tutadi.

Ammo, inson mehnatining qadri odamlar tomonidan davlat mashinasi yordamida baholanishi mumkin emas. Bu maqsadga xizmat qiladigan yagona samarali mexanizm – bu bozordir. Shu bois erkin bozor haqiqiy liberal-demokratiyaning asosi hisoblanadi. Siyosat esa, hukumat tomonidan qarorlar qabul qilinishining tizimi sifatida har doim o’zini o’zi boshqarishning bozor tizimidan ortda turadi. Demak, “siyosiy” yoki “davlat” faoliyati minimal darajaga cheklanishi kerak.

4. Liberalizm (erkinlashtirish) g’oyasining O’zbekiston ijtimoiy hayot sohalariga tadbiq etilishi.

Liberalizm (erkinlashtirish) g’îyasining O’zbekistîn ijtimîiy hayot sîxalariga tadbiq etilishi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1360 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.006 ñ)...