Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi



www. ZiyoNet. uz

www. gov. uz

www. press - service. uz.

www. bilim. uz.

www. philosophy.ru.

www. filosofiya.ru.

www. philosophy.nsc.ru.

www. philosophy.albertina.ru.

www. history.ru.

www. philosophy.com.

www. ref.uz

www. google.com

www. yandex.ru

www. rambler.ru

www. wikipedia.org

8. MASHG’ULOTLARDA PEDAGOGIK VA INFORMATSION TEÕNOLOGIYALARNI QO’LLASH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR.

Õar bir fanni o’qitishda pedagogika aõborot teõnologiyalaridan foydalanish o’qitish sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Mamlakatimizda uzoq yillar davomida an’anaviy dars o’tish usuli, ya’ni: o’tgan darsni so’rash, yangi darsni bayon qilish, uyga vazifa berish asosiy o’rinni egallab keldi.

90-yillardan boshlab yangi pedagogik teõnologiyalardan, aõborot teõnologiyasidan foydalanish kun tartibiga qo’yildi. Talabalar bilimini oshirishda, ba’zan ma’ruza jarayonida ham turli õil jadvallar, eng muhim fikrlarni multimedia asosida kompyuetrlardan foydalanish yaõshi samara berayotganligi ma’lum.

Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni ham shu asosda o’qitish, pedagogik va aõborot teõnoloiyalardan unumli foydalanish birinchi o’ringa chiqdi.

Bu borada respublikamiz matbuotida ilg’or, tajribali pedagoglarning, amaliyotchi o’qituvchilarning ish tajribalari haqida maqolalar, kitoblar mavjud. Ushbu fanda ham shunday tajribalardan foydalanishga alohida e’tibor beriladi.

Jumladan, Oliy va o’rta maõsus maktab muammolari institutida (2001 yil, sentabr) va O’rta maõsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish institutida Germaniya bilan hamkorlikda o’tkazilgan (2002 yil, sentabr-noyabr) maõsus malaka oshirish kurslari materiallari hamda Ochiq Jamiyat Instituti –O’zbekiston Ko’maklashuv Jamg’armasi õalqaro RWCT loyihasi tavsiyalariga asoslangan holda zamonaviy darsga õos bo’lgan quyidagi didaktik jihatlarni e’tiborga olish rejalashtirildi.

Birinchidan, darsning maqsadi jahon pedagogikasida e’tirof etilgan qoidalar asosida talabalarning tashqaridan kuzatiladigan hatti-harakatini anglatuvchi qoidalar bilan ifodalanishga harakat qilindi. SHu bilan birga, dars maqsadlari:

  1. Kognitiv (nazariy bilimlarni egallash)
  2. Affektiv (his tuyg’ular, ijobiy munosabatlarni shakllantirish)
  3. Psiõomotor (muayyan hatti harakatlarni uddalash)

Sohalari bo’yicha belgilanishiga harakat qilindi. Natrolingvistik pedagogika esa, o’quv maqsadlarini aniq belgilashga erishishi mumkinligi, haqiqiy (real) hamda vaqt bo’yicha me’yorlashtirildi.

Dars maqsadlarining yuqoridagi talablarga muvofiq holda belgilanishi, uni pedagogik teõnologiya qoidalari bo’yicha loyihalash va amalga oshirishning negizi bo’lib hisoblanadi.

Ikkinchidan olib borilgan darslar interiktiv trening shaklida o’tkazilishiga va ý mantaqiy jihatdan:

  1. Tashkiliy (tayyorlov)
  2. CHaqiruv (da’vat)
  3. Anglash
  4. Mulohaza
  5. Uyga vazifa kabi bosqich (Faza)lardan iborat tizimda o’tkaziladi.

Tashkiliy bosqichda odatdagi tayyorgarlik ishlaridan tashqari kichik guruhlarni shakllantirish, aqliy yoki harakatli o’yinlar o’tkaziladi, dars maqsadlari muhokama qilinadi, lozim bo’lganda uni talabalar takliflarini hisobga olgan holda takomillashtiriladi va yakdillik bilan qabul qilinishiga erishiladi, yangi materialni o’rganishga oid o’quv mativatsiyasini shakllantirishda e’tibor beriladi.

CHaqiruv (da’vat) bosqichida kichik guruhlarda ish tashkil qilib yangi o’tiladigan mavzu bo’yicha talabalarda mavjud aõborot, oldingi bilimlar faollashtiriladi. Bunda «aqliy hujum», «klaster», «bilaman, bilishni hohlamayman, bilib oldim» jadvalining «bilaman» qismini to’ldirish kabi o’qitishning interfaol metodlaridan foydalaniladi.

Anglash bosqichida o’quv materiali o’zlashtriladi. Bunda talabalarga kichik guruhlar tarkibida «Bilib oldim» jadvalini to’ldirishda matnni insert usulida o’kish, ikki qismli kundalik kabi interfaol metodlardan foydalanish o’rgatiladi va bu usulning yaõshi natija berishi o’quv jarayonida isbotlandi.

Mulohaza (fikrlash) bosqichida esa olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlandi, o’zlashtirilgan yangi bilimlar o’quv maqsadlari bilan taqqoslanib erishilgan daraja tahlil etildi. Talabalarning kichik guruhlar tarkibidagi hatti-harakatlari hamda etakchi qatnashchilarning faoliyatlari rag’batlashtiriladi va uyga vazifa berish bilan dars yakunlandi.

SHunisi muhimki yangi pedagogik teõnologiyalar asosidagi darsning har bir bosqichida talabalarning o’quv materialini mustaqil o’zlashtirishlari, kichik guruhlar tarkibida faol ishlashining ta’minlanishi, dars beruvchining faqat maslahat beruvchilik, yo’lovchilik rolini bajarishi, bilim berish faoliyati boshqarib borishi, ya’ni dirijorlik, qilishi, kichik guruhlar faoliyatini ham baholashni ekspertlar iõtiyoriga o’tkazishga erishishi darsning yaõshi natijalar bilan yakunlanishiga olib keldi.

Umuman olganda yangi pedagogik teõnologiya asosida o’tiladigan darsda o’qituvchi hukmron-aõborot beruvchi yagona manba emas, balki K.Rojers ta’kidlaganidek, fasilitator, ya’ni talabalarning mustaqil o’qib-o’rganishlarini osonlashtiruvchi, ularga qulay sharoit yaratuvchi, ijodkor yo’naltiruvchi vazifasini o’taydi.

Uchinchidan, yangi pedagogik teõnologiya asosida o’tilayotgan darsning har bir bosqichida talabalarni faol fikrlariga undashiga harakat qilinadi. Bunda o’qituvchining talabalarga va talabalarning bir-birlariga beradigan savollari, hal etishiga tavsiya qilinadigan muammolar jaõonda 30 dan ortiq rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida yuqori samara berayotgan o’qitishning olti darajasi (bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, sintez, baõolash)ga muvofiq bo’lishini ta’minlashga harakat qilinadi.

O’qitishning bu darajalari 1956 yilda AQSH pedagogik B, B lum tomonidan tavsiya etilgan va jahon pedagogikasida «Blun taksonomiyasi» nomi bilan keng qo’llaniladi va quyidagicha ifoda etiladi:

  1. Bilish
  2. Tushunish
  3. Qo’llash
  4. Tahlil
  5. Sintez
  6. Baholash

Blum taksonomiyasini o’quv jarayoniga qo’llashda uning toifalari qanday vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratiladi.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 1456 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.007 ñ)...