Студопедия.Орг Главная | Случайная страница | Контакты | Мы поможем в написании вашей работы!  
 

Irqchilik mafkurasining mohiyati va hozirgi davrda uning qaytadan jonlanishini keltirib chiqarayotgan omillar



Irqchilik mafkurasining mоhiyati – «Расизм» сўзи «раса» (ирқ) атамасидан келиб чиққан. Бу атама 17 асрдан бошлаб Европада «инсоният насли»ни турли ирқий гуруҳлар, жумладан «оқ», «қора» ва «сариқ» ирққа ажратиш учун қўллана бошлади. odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo’rovonlik va urushlarni kishilarning turli irqlariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy ta’limot. Irqchilik insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologic – irqiy (ko’zi, sochi va terisining rangi, bosh va yuz tuzilishi kabi tashqi, ikkinchi darajali jismoniy) belgilar bilan bog’lab, ularni oily va quyi, bekamu-ko’st va noraso irqlarga ajratadilar. Unga ko’ra, oily irqlar xo’jayinlik qilishi, qolganlari ularga xizmat qilishi, bo’ysunishi shart.

Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga nisbatan bosqinchilik, talonchilik, mustamlakachilik siyosatini asoslashga harakat qiladi. Masalan, fashizm mafkurasi va siyosati irqchilik ta’limoti va amaliyoti bilan yaqindan bog’liqdir. Irqchilik ta’limoti bilan qurollangan fashistlar Germaniyasi “oriylar irqi” hukmronligini o’rnatish maqsadida jahon urushini boshlagani bunga yaqqol misoldir.

Hоzirgi davrda uning qaytadan jоnlanishini keltirib chiqarayotgan оmillarga – e’tibor qaratsak, hozir ham reaktsion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi guruhlar, ularning nazariyotchilari irqchilik g’oyalarini targ’ib etib, “qoloq” xalqlarning go’yo mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasliklarini da’vo qilmoqdalar.

Dunyoning turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va harakatlarni xalqlar ozodligini bo’g’ishga, ular ustidan hukmronlik o’rnatishga intilish deb tushunish mumkin.

Dunyoda yevropalik, mo’g’ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan uch asosiy irq bor. Tarixiy taraqqiyot davomida irqlarning aralashuvi, irqiy belgilarning o’zgarishi sodir bo’lib kelgan va u hozir ham davom etmoqda. Barcha irqlar madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatlidir. Irqiy kamsitish ilmiy jihatdan o’rinsizdir. Irqchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo’yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi va irqchilikni inkor etadi.





Дата публикования: 2014-11-04; Прочитано: 3201 | Нарушение авторского права страницы | Мы поможем в написании вашей работы!



studopedia.org - Студопедия.Орг - 2014-2024 год. Студопедия не является автором материалов, которые размещены. Но предоставляет возможность бесплатного использования (0.008 с)...