Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Al-xorazmiy nomidagi Urganch davlat Universiteti



«Tasdiqlayman»

Urganch Davlat Universiteti

o`quv ishlari bo`yicha prorektor

_________dots. S.U.Xo’janiyozov

«______» avgust 2012 yil

«MILLIY G’OYA VA MAFKURA» fanining

ISHCHI O`QUV DASTURI

(Bakalavriat yo`nalishlari: 5141500 – Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari talabalari uchun)

BILIM SOHASI: 100000 – TA’LIM

Ta’lim sohasi: 140000 – O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani.

Kurs: 2

Semestr: 3

Ma`ruza: 18

Amaliy: 36

Must.ta`l: 52

Jami: 106

Urganch – 2012

Ishchi dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maõsus ta’lim Vazirligi tomonidan 23 avgust 2008 yil ¹ - 263 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, “Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va manaviyat asoslari” kafedrasining 2012 yil ____ avgustdagi yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma ¹1

Tuzuvchi: J. Davletov

Mudir: dots. O.Abdullayev

Mazkur «Ishchi dastur» Tarix fakulteti ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. «___»avgust 20___ yildagi ¹1-sonli bayonnoma

1. KIRISH.

Bugungi kunga kelib dunyo siyosiy-mafkuraviy jihatdan ancha toraygan hamda unda kechayotgan global integratsiya jarayonlari, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o`zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Shu bois, O`zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor berilib, o`qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablariga moslashtirilishi bo`yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta’lim to`g’risidagi" Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o`z ifodasini topmoqda. Õususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo`lida fidoiylik ko`rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday õavf-õatardan asrashni o`zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaõasslikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asoda qayta ko`rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bu esa yoshlarda tariõiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to`g’ri õulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo`lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi "dir.

Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan õalqimiz taraqqiyotning g’oyaviy tamoyillarini, mamlakatimiz hayotida ustivor bo`layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, õalq farovonligi g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o`rganish "Milliy g’oya va mafkura" fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi.

Mazkur fan doirasida «Milliy g’oya» va «Milliy mafkura» tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati, namoyon bo`lish õusuyatlari, õalqlar va davlatlar taqdiriga ta’siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, yoshlar qalbi va ongida buzg’unchi va vayronkor g’oyalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik õusuyatlari shakllanishi bilan bog’liq masalalar o`rganiladi. Milliy g’oyalar va mafkuralar tizimi, "milliy g’oya va mafkuraning nazariy-metodologik masalalari", "milliy g’oyaning tarixiy ildizlari", "O’zbekistonning mustaqil taraqqiyotida milliy g’oya va mafkura: maqsad va vazifalar", "mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar", "globallashuv va mafkuraviy jarayonlar", "mafkuraviy ta’sir", "mafkuraviy maydon va poligonlar", "mafkuraviy inqiroz", "g’oyaviy bo`shliq", "mafkuraviy profilaktika", "mafkuraviy immunitet" kabi tushuncha va atamalarning mazmun-mohiyatini ochib berish bilan bog’liq masalalar majmui ham ushbu fanning asoy mavzulari doiraga kiradi.

"Milliy g’oya va mafkura" - mustaqillik yillarida o`rganish imkoni ochilgan yangi fanlardan biridir. Mazkur fanning maqsadi ezgu g’oyalardan va sog’lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatning uzoqqa bora olmasligini, har qanday õalq va davlat o`z taraqqiyotining g’oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiy jarayonlarning muqarrar qonuniyati ekanligini yoshlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.

Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish, g’oyaviy bo`shliq bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g’oyani chuqur o`rganish ehtiyojini yuzaga keltirdi. «Ushbu ta’limotni qanday zarurat shakllantirdi?» va «Undan ko`zlanayotgan maqsad-muddaolar nima?» - degan savollarga javoblar Prezidentimiz Islom Karimovning ko`p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-mulohazalarida o`z aksini topdi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, milliy g’oya tasodif emas, balki o`ziga õos falsafiy asosga, ilmiy-nazariy va tariõiy ildizlariga ega bo`lgan yaõlit nazariyadir. Shu ma’noda, u mamlakatimiz taraqqiyotining ob’ektiv zaruriyati, qonuniy holati, õalqimiz maqsad-muddaolarining ifodasidir. Bu esa, o`z navbatida, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar» - degan fikrning haqqoniyligini isbotlaydi.

Biz ushbu hayot haqiqatini yoshlar qalbi va ongiga singdirishimiz lozim. Bu ta’lim tizimi oldiga g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishga doir o`quv dasturlari va adabiyotlarning yangi avlodini yaratish vazifasini qo`ydi. Mazkur dasturni yaratishda ta’lim tizimining barcha bo`g’inlarida milliy g’oyani o`rta maktab, litsey, kollejlarda o`qitishning mavjud dasturlari tahlil qilinib, oliy ta’limda ularning takrorlanishi bartaraf etildi.

"Milliy g’oya va mafkura" fanining qonun-qoidalari, tushuncha va tamoyillarini o`rgatishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:

- mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har birimizning muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga ngdirish;

- yoshlarda g’oyalar o`z ma’no-mohiyatiga ko`ra bunyodkor yoki vayronkor bo`lishi, ularning õalqlar va davlatlar taraqqiyotiga ta’siri, hozirgi zamonning mafkuraviy manzara, buzg’unchi g’oyalarning ta’siridan hushyor va ogoh bo`lish shartlari va mezonlari haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;

- o`quv mashg’ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim-tarbiyanining ilg’or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o`qitish teõnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish;

- ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta’limning eskicha uslub va tamoyillarini qo`llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo`l qo`ymaslik;

- ta’lim jarayonida tazyiq o`tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko`nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish.

Bulardan tashqari "Milliy g’oya va mafkura" fanining mazmun-mohiyatini tushuntirishda o`qituvchi va tinglovchilar orasida o`zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharõlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro`y berayotgan voqealar taõlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

1. O`quv fanining maqsadi va vazifalari.

1.1. Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarga milliy g’oya va mafkuraning mazmun-mohiyati, shakllanish bosqichlari, hozirgi holati, uning jamiyat hayotidagi o’rni, shningdek, milliy g’oya va mafkuraning globallashuv davrida, ma’naviy yangilanish va o’zlikni anglash jarayonlaridagi ahamiyati haqida bilim berish asosida talabalarda ijtimoiy voqelikka nisbatan mustaqil fikr va munosabatni shakllantirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasining mafkuraviy-ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat.

1.2. Fanning vazifalari:

- yoshlarning ijtimoiy faoliyatida muqobil g’oya va mafkuralarga oqilona munosabatni;

- õalq orasida milliy g’oyani targ’ib-tashviq qilish malakasini;

- g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish, baholash va ularga mustaqil yondashuvni shakllantirishdan; iboratdir.

1.3. Fanni o’rganishning ahamiyati:

- milliy g’oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish;

- milliy g’oyaning tariõiy negizlarini, falsafiy asoslarini o`rganish va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;

- ijtimoiy-yoy jarayonlar haqidagi muqobil g’oyalarni qiyoy tahlil qilish va ularga mustaqil munosabat bildirish;

- g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliy hayotda qo`llash;

- yoshlarda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish ko`nikmani shakllantirish;

- milliy g’oya va mafkura fani mustaqil dunyoqarash va fikrlash madaniyatini o’stirish;

- to’g’ri muhokama yuritishni, chin fikrlarni noto’g’ri fikrlardan ajrata olish qobiliyatini shakllanishdan iborat;

1.4. Fan bo`yicha talabalarning bilim va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar:

Milliy g’oya va mafkura fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida Bakalavr:

-milliy g’oyaning shakllanishi va rivojlanishi, uning ijtimoiy falsafiy mohiyati; milliy g’oya va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq muammolari; milliy g’oya va mafkuraning ijtimoiy hayotdagi o’rni; zamonaviy siyosiy mafkuralar; liberalizm, neolebaralizm va konservatizmning ijtimoiy - falsafiy mohiyati va mazmuni; fuqarolik jamiyatiniig g’oyaviy asoslari; globallashuv jarayonining kelib chikishi va uning rivojlanishini asosiy bosqichlari; zamonaviy globalistikada falsafiy g’oyalar va progressning o’rni; Markaziy Osiyo mutafakkirilari ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ma’naviyat va fikr erkinligi; globalizatsiya va antiglobalizatsiya g’oyalari; globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari; ma’naviyatning ijtimoiy mohiyati va mazmuni; ma’naviy ishlab chikarish jarayoni va uning o’ziga õos hususiyatlari; ahloq inson ijtimoiy hatti-harakatining tartibga soluvchi omili ekanligi; gumanizm ma’naviyat va ahloqning asosi ekanligi; mafkuraviy yunalishlar va oqimlarda inson, uning erki va haq-huquqlari muammosi; shaõs shakllanishida mafkuraning ahamiyati kabilar haqida tasavvurga ega bo’lishi;

-milliy g’oyaning asosiy tamoyillari; ijtimoiy taraqqiyotning g’oyaviy mezonlari; jamiyat taraqqiyotida mafkuraviy omil; milliy g’oya tamoyillarining demokratik islohotlarga yunaltirilganligi; zamonaviy mafkuralarning asosiy paradigmalaridagi tafovutlar; ekstremistik radikal mafkuralarning g’ayriinsoniy va vayronkorlik mohiyati; «deideologizatsiya» va «reidiologizatsiya» tushunchalarining mazmuni; mafkuraning tipologiyasi (tasniflashi); fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy elementlari va mohiyati; huquqiy davlatning asosiy belgilari va funktsiyalari; fuqarolik jamiyati shakllanishining ijtimoiy tariõiy shart-sharoitlari; globalizatsiya mohiyatini tahlil qilish; globallashuv jarayonida O’zbekistonni jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi; fanning ma’naviy ishlab chiqarishning turi sifatida o’ziga õos hususiyatlari; mafkuraning ijtimoiy ong shakllari bilan o’zaro aloqasi; ijtimoiy ong shakllarining o’ziga õos hususiyatlari; XXI asr bo’sag’asida inson va insoniyat mavqei; insonning oliy qadriyat ekanligi; insonning tabiat va jamiyat bilan munosabatlari; postindustrial jamiyat sharoitida milliy g’oyaning o’ziga õos jihatlarini; milliy g’oyaning kishilar qalbiga, ongiga singdirilishi masalalarini; hozirgi zamon mafkuraviy oqimlarini tahlil qila olish; progressiv g’oya va mafkuralarni aniqlash; mafkuraviy kontseptsiyalarni aglash va tanqidiy o’rganish; ijtimoiy faollik va ijtimoiy o’z-o’zini boshqarish; O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining o’ziga õos hususiyatlarini tahlil qila olish; globalizatsiya mohiyatini, falsafiy mohiyatini tahlil qila olish, ma’naviy-ahloqiy taraqqiyotning mohiyatini targ’ib qilish; jamiyatning ma’naviy-ahloqiy islohotiga nazariy bilimlarni qo’llash; milliy g’oya va mafkuraning asosiy funktsiyalarini tahlil qila bilishi va ulardan foydalana olishi;

- milliy g’oyaning o’ziga õos jihatlarini tahlil qila olish; milliy g’oyaning kishilar qalbiga, ijtimoiy ongiga singdirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish; hozirgi zamon mafkuraviy oqimlarining tahlili; progressiv g’oya va mafkuralarni ijtimoiy haetga joriy etish; mafkuraviy kontseptsiyalarni ijodiy anglash va tanqidiy o’rganish; ijtimoiy o’z-o’zini boshqarish; O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi amaliyoti bilan bog’liq mafkuraviy masalalarni; globalizatsiya jarayonining falsafiy mohiyatini tahlil qilish; ma’naviy-aõloqiy va mafkuraviy tarbiya muammolarini o’rganish; jamiyatning ma’naviy-ahloqiy islohotiga nazariy bilimlarni qo’llay olish; milliy g’oya va mafkuraga oid bilimlardan amaliy faoliyatda foydalana olish; mafkuraning bilish, regulyativ, informatsion, tarbiyaviy, prognostik (bashorat) va baholash funktsiyalarini tahlil qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

1.5 Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslub jihatdan uzviy ketma-ketligi.

Milliy g’oya va mafkura fani o’quv rejaning 3-blok umumkasbiy fanlar qismiga tegishli. Mazkur fan g’oyalar falsafasi, qadriyatlar falsafasi, pedagogika, antropologiya, sotsiologiya, psiõologiya kabi fanlar muammolari doirasi bilan uzviy aloqadorlikka ega.

falsafa, tariõ, huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari, yosatshunoslik, pedagogika, põologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevota aloqador.

1.6 Fanning ishlab chnqarishdagi o’rni.

YOsh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda olingan bilim muntazam qo’llaniladi.

fanini o`rganish orqali egallangan bilimlar yoshlarning mafkuraviy immunitetini, yoy madaniyati, ogohligini oshirishga, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishga o`rgatadi.

1.7 Fanni o’qitishda zamonaviy aõborot va pedagogik teõnologiyalardan foydalanish.

Milliy g’oya va mafkura fanini o’qitish jarayonida ilmiylik, tariõiylik, mantiqiylik, ob’ektivlik tamoyillarga amal qilingani holda an’anaviy usullar, davra suhbati, klaster, baõs-munozara, aqliy hujum, prezentatsiya kabi zamonaviy pedagogik teõnologiya usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Fa’nni o’qitishda, ayniqsa, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda audio, video va kino apparatlardan, kompyuter vositaridan, qisqa metrajli fil’mlardan, elektron darsliklardan, multimediya va slaydlardan foydalanish.

"Milliy g’oya asoy tushuncha va tamoyillar" fanini o`qitish jarayonida mantiqiylik, tariõiylik, obektivlik tamoyillariga amal qilingani holda ta’limni zamonaviy pedagogik teõnologiyalar asoda tashkil etish, o`quv jarayoniga aõborot teõnologiyalarini joriy etishning noan’anaviy usullaridan foydalanish, ayniqsa, "Aqliy hujum", "FSMU", "Keys-stadis", "Bumerang", "Klaster", "Matbuot konferentsiya" kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq..

1.8 Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha bajariladigan ishlar mikdoriga talablar.

Talabalar:

- amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish jarayonida mavjud manbalardan unumli foydalana olishi;

- tavsiya etilgan adabiyotlarni qisqacha konspektlashtirishi;

- amaliy mashg’ulotlarda foal ishtirok etishi, tegishli mashqlarni bajara olishi;

- o’z bilimini mantiqan izchil, muntazamli bayon eta olishi kerak;

- o’z bilimini bayon etishda yangi pedagogik texnologiyalardan, me’todlardan hamda interfaol usullardan unumli foydalana olishi kerak.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 3381 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.015 ñ)...