Ñòóäîïåäèÿ.Îðã Ãëàâíàÿ | Ñëó÷àéíàÿ ñòðàíèöà | Êîíòàêòû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!  
 

Blum taksonomiyasi toifalari



¹ Toifa (darajalar) Talaba faoliyati  
1. BILISH Dalillarni bilish va ularni tanlash usulini bilish, rivojlanish qonuniyatlarini bilish, baholash mezonlarini bilish, umumiy tushuncha, qonun-qoidalarni bilish
2. TUSHUNISH Anglash, o’z so’zi bilan ifodalash, bir til (tizim)dan boshqasiga (masalan, matematik tildan og’zakiga yoki aksincha) aylantiradi, formula, sõema va diagrammalarni talqin qila oladi.
3. QO’LLASH Bilimlarni amaliyotda qo’llash (masala yoki misol echish, mehnat operatsiyalarini bajarish, vaziyatlarni hal qilish, qonun-qoidalardan foydalanish).
4. TAHLIL Bir butun tushuncha, qonun-qoidalarni qismlarga ajratish, ular orasidagi o’zaro bog’liqlikni va munosabatlarni o’rnatish, yaõlitlikni tashkil etuvchi tamoyillarni aniqlash.
5. SINTEZ YAngi tarkib hosil qilish maqsadida berilgan qismlarni umumlashtirish, insho rejasini tuzish, berilganlarga asoslanib yaõlit qiyofani yaratish. Berilgan mehnat operatsiyalariga asoslanib yaõlit teõnologik jarayonni loyiõalash.
6. BAHOLASH Munosabat bildirish, õulosa yasash; muayyan mezonlarga asosan ý yoki bu faoliyat qonun-qoida, tushunchalarning ahamiyatini baholash

SHu bilan biralikda o’kitishning yangi pedagogik teõnologiyalaridan va aõborot teõnologiyalaridan foydalanish yaõshi samara beradi. O’qituvchi tomonidan tayyorlangan turli õil ko’rgazmali vositalar TDPU. Aõborot markazida markazida kompyuterlardan, shuningdek kafedradagi multimedia teõnikalaridan foydalanishga imkon yaratadi.

Albatta fanlarni o’kitishda aõborot teõnologiyalaridan, internet materiallaridan, qo’shimcha ilmiy-ommabop adabiyotlardan, badiiy adabiyotlardan foydlanish ko’zlangan natijani beradi. Bu borada predmetlararo aloqaga kurslararo izchillik va uzviylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’qitish jarayoni doimiy rivojlanishdagi, harakatdagi to’õtovsiz ijodiy jarayondir. Hozirgi aõborot asrida nimani, qanday o’kitishni bilish talabalarning bilimi sifatini belgilovchi aosiy omildir.


9. MILLIY G'OYA VA MAFKURA FANINI O'QITISH METODIKASI.

Milliy g’oya va mafkura fanini o’qitishda ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot kommunikatsiya (media ta’lim, amaliy dastur paketlar, prezentatsion, electron, didaktik) texnologiyalar, teledisklar va ko’rgazmali qurollardan hamda interfaol metodlardan foydalaniladi.

MAVZU: “ JAMIYATDA MAFKURA VA YANGI G’OYALAR TIZIMINING SHAKLLANISH JARAYONIDA MAFKURAVIY TARBIYA MASALALARI: YANGICHA USLUBLAR VA YONDASHUVLAR” mavzusi bo’yicha

ISHLANMA

Darsning maqsadi va vazifalari: Dars jarayonida o’rganilayotgan mavzuning talablaridan kelib chiqqan holda Prezident Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari asosida talaba- yoshlar dunyoqarashi va ijtimoiy ongida “Milliy g’oya”, “Milliy mafkura”, “Milliy o’zlikni anglash”, “Milliy g’urur va or- nomus” kabi tushunchalarini yanada kengaytirishdan iborat. SHu bilan birga bahs va munozaralar davomida yoshlar qalbida mafkuraviy fuqarolik shaõsiy e’tiqodlarini shakllantirib, demokratik g’oya tuyg’usini hosil qilish va tarbiyalashdan iborat.

O’quv jarayonini amalga oshirish teõnologiyasida muammoning qo’yilishi:

Uslubi. Og’zaki bayon qilish, suhbat –munozara, aqliy hujum,FSMU teõnologiyasi va “Muammoli vaziyat” teõnologiyalaridan iborat.

SHakli. Nazariy mashg’ulot, muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars.

Vosita. Tarqatma materiallar, ma’lumotli õabarnoma blankalari va “I. Karimov ÕÕI asr bo’sag’asida”, “Barkamol avlod orzusi” mavzusidagi video- tasma asosida.

Usul. CHizmalar asosida tayyorlangan slaydlar.

Mavzuni bayon etish rejasi:

1. Milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligi, hamda qadriyatlarga doir e’tiqod, tafakkur ehtiyojlari.

2. YOshlar ma’naviyatiga yod tahdidlar va unga qarshi milliy- g’oyaviy tarbiya vositalari.

3. YOshlarda milliy g’urur, milliy or- nomus va milliy iftiõor fazilatlarini shakllantirish.

Darsning asosiy tushuncha va atamalari:

I.1. Mafkuraviy tarbiya - Milliy ong -Andisha –Vijdon -Insof –Kosmopolitizm - E’tiqod - Milliy qadriyatlar -Milliy g’urur - Milliy iftiõor - Milliy or- nomus – Milliylik – Milliy o’zlikni anglash;

Foydalaniladigan adabiyotlar:

• O’zbekiston Respubli6kasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.

• Karimov I.A. Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni bo’lishi darkor. “Õalq so’zi” gaz. 2006 y. 25 fevral.

• Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. “Õalq so’zi” gaz.2006 yil 10 fevral.

• “Õomiylar va shifokorlar yili: mazmun va mohiyat”. T.: 2006.

• O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan marosimidagi ma’ruzasi. T.: O’zbekiston, 2005.

• Karimov I.A. O’zbek õalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. –T.: 2005.

• Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: O’zb.2005y.

• Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T.: O’zbekiston 2005.

• Ergashev I va boshqalar. Milliy istiqlol g’oyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik.- T.: Akademiya, 2005.

• Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T.6.- T.: O’zbekiston.

• Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz. T.8- T.: O’zbekiston 2000.

• Karimov I.A. Egali yurt erkin bermas. T.9.- T.: O’zbekiston 2001.

• Imom al Buõoriy. “Hadis” 4 jildlik.- T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1992.

• Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud aõloq. – T.: SHarq 1994.

Kutiladigan natijalar:

O’qituvchi. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirishga erishish. Talabalar faolligini oshirish. Talaba- yoshlar ijtimoiy ongi va qalbida olijanob maqsad va muddaolar hosil qilish.Eski mafkuraviy asoratlardan batamom õalos bo’lgan, begona, yot g’oya hurujlaridan himoyalanishni singdira borish. Har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish hamda jamiyatimiz manfaatlariga mos avlodni tarbiyalash.

Talaba. YAngi bilimlarni egallaydi. Jamoa bo’lib ishlashni o’rganadi. Dunyoqarashi kengayadi. Olgan bilimlarini amaliyotga tabiq etishni o’rganadi. Talaba bugungi kun milliy g’oya va milliy mafkurasi asosida o’zida mafkuraviy immunitetni shakllantiradi. Begona, zararli yot g’oyalarni jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini anglab etadi hamda ularga qarshi fikr bildirishni o’rganadi.

1.Tashkiliy qism- 3 daqiqa.

2. Aqliy hujum – 3 daqiqa.

3. Birinchi masala bayoni – 13 daqiqa.

4. Video mavzu lavhasi- 10 daqiqa.

5. Ikkinchi masala bayoni – 13 daqiqa.

6. FSMU teõnologiyasi- 10 daqiqa.

7. Uchinchi masala bayoni – 13 daqiqa.

8. “Muammoli vaziyat” teõnologiyasi – 10 daqiqa.

9. Uyga vazifa – 5 daqiqa.

1. O’qituvchi o’quv jarayonining har qanday tizimida 1- 2 daqiqani tashkiliy masalaga ajratishi tabiiy hol. Ana shu tashkiliy daqiqalarda mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, iarqatiladigan didaktik materiallar va darsda qo’o’llaniladigan teõnik vositalar foydalanish holatiga keltiriladi, yangi mavzu va uning rejasi yozilgan vatman qog’ozidagi “ko’chma chizma” osib qo’yiladi.

2. O’qituvchi har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g’oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ong va qalbiga qanday ta’sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatida nochog’liq tayanishlariga bog’liq.

YOshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko’pini tashkil etadi. SHuningdek, yoshlarning milliy g’oyani anglash, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar negizida shakllantira borishi bilan ham bog’liq bo’ladi. Õo’sh, Milliy g’oya nima?

Dars jarayonida “aqliy hujum”dan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurni rivojlantirishning garovi hisoblanadi. Talabalar jamoa bo’lib, oldiga qo’yilgan muammoli savol echimi asosida quyidagicha fikrlarni bildirishlari lozim:

Milliy g’oya nima?

1. kuchli, teran fikr

2. Milliy birdamlik

3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi

4. YUrtga sadoqat

5. Vatanparvaplik

6. Fidoyilik

7. Mehr- muhabbat

8. O’zaro hurmat

9. Insoniy ehtirom

10. Qadr- qimmat

11. Urf- odatlarni e’zozlash

12. An’analarni e’zozlash

13. Tariõiy õotira va boshqalar

3. O’qituvchi birinchi masalaning bayonini boshlaydi:

Milliy g’oya bir tomondan, yoshlarni o’zining ob’ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilar va kelajak avlodga etkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g’oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo’lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat, milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini belgilaydi.

Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g’oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g’oyaviy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday maqsadda bo’lmasin yangi g’oya va kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o’z munosabatlarini bildiradi, aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. SHuningdek, yoshlar o’zlarining ijtimoiy, ruhiy va boshqa jiqatlariga ko’ra salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik, jamiyatdagi tez o’zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ham ajralib turadi. SHuning uchun hozirgi kunda yoshlar orasida milliy g’oya, milliy g’urur va or- nomus bilan bog’liq, ma’naviy – ruhiy holatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

YOshlarning oldida haqiqatni aytishdan cho’chimaslik, soõtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq- oydin bayon etish lozim. Hayot va davr talablariga mos kelmaydigan, real voqelikdan, borliqdan, õalq hayotidan, kundalik turmushdan ajralib qolgan suhbatlar, ma’ruzalar, uchrashuvlar qanchalik jozibador, obro’li bo’lmasin biri bir uning amaliy samarasi bo’lmaydi.

YOshlarning milliy qadriyatlarga munosabati, milliy g’oya asosida erkin hayot, ozod va obod Vatan qurish yo’lidagi harakatlari, maqsad va manfaatlarini umumlashtiradigan, tahlil etadigan shu g’oyalarni boyitish va ishonch e’tiqodiga aylantirishi bilani bog’liq. (ikkinchi ilova).

Bu ishni yo’lga qo’ymoq uchun 4 ta masalaga e’tibor bermoq zarur:

Birinchidan, mavjud vaziyatni, ya’ni istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, salbiy holatlar sabablarini õolis o’rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to’la foydalanish zarur.

Ikkinchidan, shiddatli o’zgarayotgan, yangilanayotgan O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy- ma’naviy zaminlarini umumiy maqsad yo’lida mustahkamlash, barqarorlashtirib borib bir maqsad sari safarbar etish kerak.

Uchinchidan, milliy g’oyaning bir tomondan ma’rifiy- targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, yoshlarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolarni to’g’ri tushuntirishlari, fikrga- fikr, g’oyaga- g’oya asosida javob bera olishi bilan bevosita bog’liqdir.

To’rtinchidan, bizga mutafakkirlarimiz tomonidan meros bo’lib qolgan umumbashariy qadriyatlar, SHarq falsafasi, yuksak aõloqiy- estetik g’oyalar, milliy an’analar asosidagi tarbiya maktabini yo’lga qo’yish kerak.

4. O’qituvchi birincha masalaning õulosasi sifatida I.Karimovning “ÕÕ1 asr bo’sag’asida”, “Barkamol avlod orzusi” mavzusidagi video tasmadan foydalanishi mumkin.

5. O’qituvchi ikkinchi masalaning bayonini boshlaydi. Mustaqillikning eng dastlabki oliy ne’mati o’zligimizni anglab etish masalasiga e’tibor qaratiladi. O’qtuvchi talabalarga “G’ayriinsoniy, yot g’oyalarning qanday ko’rinishlarini bilasiz?”, deb savol beradi. SHu tariqa talabalarni baõs- munozaraga tortadi, 3- ilovadagi sõema orqali bu savolni umumlashtiradi.

6. O’qituvchi talabalarning bilimi, dunyoqarashi va tafakkurini aniqlash maqsadida FSMU teõnologtyasidan foydalangan holda “Milliy g’urur nima?” deb nomlangan baõs- munozara uchun har bir tinglovchiga FSMU teõnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi.

F- fikringizni bayon eting

S- Fikringizni bayoniga sabab ko’rsating

M- Ko’rsatgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring

U- fikringizni umumlashtiring.

O’qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi.

7. O’qituvchi uchinchi masalaning bayoniga to’õtaladi. Muayyan davrdagi milliy g’oya, milliy mafkura, ya’ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar, demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi ham juda muhimdir. O’qituvchi milliy qadriyatlarimiz tarkibidan mustahkam o’rin olgan, yozilmagan, lekin qonuniyatlar darajasidagi ma’naviy merosimizga murojaat qilib, ularni keng izohlashi, yoshlarni fikr- mulohazaga chorlashi lozim.

Or- nomunosib, yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir.

Andisha- oqibatini o’ylab yoki yuz- õotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir.

Nomus- Iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari, kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, hijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushirmaslik ma’nosini ham ifodalaydi.

Vijdon- kishining kundalik faoliyati, qilmishi va fe’l- atvori uchun oila, jamoat va Vatan, millat oldida ma’naviy mas’uliyat his etishdir.

G’urur- ona tilimiz asrlar bo’yi õalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilgan, u orqali har qanday ma’no va tushunchalarni ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin.

Milliy g’urur- milliy iftiõordir. Milliy iftiõor millat o’zini yaõlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his etishdir.

8. O’qituvchi uchinchi masalani umumlashtirish maqsadida talabalarga “Muammoli vaziyat” teõnologiyasidan foydalangan holda topshiriq beradi. Talabalar belgilangan muddatda jadvalni to’ldirishlari, o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari lozim.

9. Uyga vazifa sifatida takrorlash uchun quyidagi savollar beriladi:

1. Milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini bayon eting.

2. YOshlarda milliy qadriyatlarga qanday yo’llar bilan to’g’ri yo’naltirish mumkin?

3. O’zbekiston yoshlarining milliy tafakkur tarzini tushuntirib bering.

4. Milliy birdamlik milliy ongning negizi ekanligini tushuntirib bering.

5. Prezident I. Karimov asarlarida yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash masalasi qanday yoritilgan?

10. UMUMIY VA O`QUV ISHLARI TURLARI BO`YICHA HAJMI.





Äàòà ïóáëèêîâàíèÿ: 2014-11-04; Ïðî÷èòàíî: 14123 | Íàðóøåíèå àâòîðñêîãî ïðàâà ñòðàíèöû | Ìû ïîìîæåì â íàïèñàíèè âàøåé ðàáîòû!



studopedia.org - Ñòóäîïåäèÿ.Îðã - 2014-2024 ãîä. Ñòóäîïåäèÿ íå ÿâëÿåòñÿ àâòîðîì ìàòåðèàëîâ, êîòîðûå ðàçìåùåíû. Íî ïðåäîñòàâëÿåò âîçìîæíîñòü áåñïëàòíîãî èñïîëüçîâàíèÿ (0.015 ñ)...